Fayzullayev Hasan omon matjon


Download 4.9 Mb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1724625
  1   2
Bog'liq
Fayzullayev Hasan Omon Matjon

  • Fayzullayev Hasan
  • OMON MATJON
  • Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas,
  • Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.
  • Omon Matjon
  • Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili Omon Matjon 1943- yilning 14- fevralida Xorazm viloyati Gurlan tumanining Bog‘olon qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi — Matjon Jumaniyoz o‘g‘li qishloq pochta bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Katta bobolari Jumaniyoz yirik savdogar boy bo‘lgan.
  • Oktabr to‘ntarishigacha Rossiyaga savdo ishlari bilan bir necha marta borib kelgan. XX asrning 20- yillarida boshlangan quloq lashtirish siyosatining oqibatini o‘ylab, bor mol-mulkini hukumatga topshirgan. Omonning onasi Xotira opa go‘zal va oqila ayol bo‘lib, bo‘lajak shoir hali go‘dak ekanida dunyodan o‘tgan.
  • Omon Matjon o‘z bolalik xotiralaridan birida quyidagicha eslaydi: “Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo‘lmasa-da, gazeta-jurnal bo‘lar edi. Esimda, 1953- yilning 5- martida maktabda ertalab, hovlida majlis bo‘lib, maktab o‘quv bo‘limi mudiri Stalinning o‘lganini yig‘ilganlarga ma’lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod solib qoldilar, tuproqqa yiqilganlar bo‘ldi. Men yig‘lab uyga keldim.
  • “Ota, Stalin otamiz o‘libdi!..” U kishi mollarga xashak solib yurgan edilar:
  • “Nishatiyin, mening otam ham o‘lgan!”, — dedilar beparvo!”
  • Tabiatan iste’dodli, ta’sirchan va g‘oyat ko‘p o‘qiydigan Omon Matjon uchinchi sinflarda o‘qib yurgan paytlarida she’rlar, ertaklar yozgan. Ilk she’ri 1958- yilning 15- martida Yangibozor tuman gazetasida bosilib chiqqan. O‘n olti yoshida o‘rta maktabni ugatgan Omon so‘zga mehr qo‘ygani sabab adabiyotni tanlamoqchi bo‘ladi.
  • Ammo otasining istagiga bo‘ysunib, Aloqa institutiga hujjat topshiradi. Imtihonlardan o‘tolmagach, radio-telefon tuzatish kursida o‘qib, montyorlik qiladi.
  • Keyingi yili Samarqand universitetining Filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘qish o‘rtasida harbiy xizmatga boradi.
  • Harbiy qismning katta kutubxonasidagi deyarli barcha asarlarni o‘qib chiqadi. Askarlikdagi uch yil bo‘sh ketma sin deb, har kuni kamida bittadan she’r yozadi. Xizmatdaligida yozgan she’rlaridan bir turkumini o‘zidan bir yil oldin uyiga ketgan do‘stidan berib yuboradi.
  • Sharq yulduzi” jurnalining 1965- yil 5- sonida askar ning she’rlari bosilib chiqadi.
  • Shundan buyon shoirning “Ochiq derazalar” (1970), “Karvon qo‘ng‘irog‘i” (1973), “Quyosh soati” (1974), “Yonayotgan daraxt” (1977), “Yarador chaqmoq” (1979), “Haqqush qichqirig‘i” (1979),
  • Seni yaxshi ko‘raman” (1981), “Daraxtlar va giyohlar” (1984), “Gaplashadigan vaqtlar” (1986), “Ming bir yog‘du” (1989), “O‘rtamizda birgina olma” (1990), “Qush yo‘li” (1993), “Imon yog‘dusi” (1994), “Saylanma” (1997), “Ardaxiva” (2001) singari o‘ttizga yaqin kitobi dunyo yuzini ko‘rgan.
  • O. Matjonning ish faoliyati ham havas qilgulik. Shoir oliy maktabni bitirgach, Toshkentga kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, bo‘lim mudiri, so‘ng “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston davlat Matbuot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “Cho‘lpon” nashriyoti direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Omon Matjon 1993- yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘ldi.
  • Omon Matjon — zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetakchi vakillaridan biri. She’riyatning turli janrlarida muvaffaqiyat bilan ijod qilayotgan shoir tuyg‘ularining samimiyligi, tilining shiradorligi, ifodasining ta’sirchanligi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi. Omon Matjonning tuyg‘ular olamiga ta’sir qilgan insoniy fazilatlar ko‘pincha Xorazm vohasida yashayotgan kishilarga mansubdir. Uning barcha asarlarida chin insoniy sezimlar, yetuk insonlarning orzu-intilishlari tiniq ranglarda tasvir etiladi.
  • VATAN MEHRI
  • Parvoz etdim men qushlarga qo‘shilib erkin,
  • Oq bulutlar peshonamni o‘pdilar silab.
  • Zamin sehrin shunda qalbga jo etgan edim,
  • Oq xirmondan har yoqamga tolalar ulab.
  • O‘zbekiston, zo‘r tabarruk ma’volar yurti,
  • Beruniylar, xorazmiylar, kubrolar yurti,
  • Yetti iqlim maftun bo‘lgan navolar yurti,
  • Vatan birla mil atga jon fidolar yurti!
  • Yangraganda chamanlarda bulbul ovozi,
  • Gullar abad raqsda bunda, kapalaklar mast.
  • Sir va Amu – onam mehri tutash daryolar,
  • Qayga bormay, aziz nurlar jonimga payvast.
  • O‘zbekiston, zo‘r tabarruk ma’volar yurti,
  • Buxoriylar, farg‘oniylar, sinolar yurti,
  • Yetti iqlim maftun bo‘lgan navolar yurti,
  • Bizga mangu ijobatli duolar yurti!
  • Vatan mehri – xayollarim uzra billur toj,
  • Vatan mehri – orzularim ramzi bebaho,
  • Vatan mehri – iqbolimning oltin kaliti,
  • Vatan mehri – yurt ko‘kida charx urgan humo!
  • O‘zbekiston, zo‘r tabarruk ma’volar yurti,
  • Ulug‘beklar, termiziylar, daholar yurti,
  • Yetti iqlim maftun bo‘lgan navolar yurti,
  • Vatan birla mil atga jon fidolar yurti!
  • AVVALGILARG‘A O‘XSHAMAS
  • (Alisher Navoiy g‘azaliga Omon Matjon muxammasi)
  • Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
  • Kotib-u davr-u raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
  • Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,
  • Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas,
  • Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas.
  • Ne uchar yulduzlar o‘tdi chalg‘itib elni juda,
  • Necha avlod yo‘li-yu umidin aylab behuda,
  • Davr mezoni bilan tortay bu kun o‘zimni-da,
  • Ne sitamkim qilsa rahm, maxfiy erdi zimnida,
  • Emdi qilsa ne sitam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
  • Bul jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim,
  • Voh, quyosh savdosig‘a shamlar nechuk bo‘ldi hakim,
  • Ishq, bu - o‘z umrim, anga nechun qasamlar ichmakim,
  • Demangiz Shirin-u Layli oncha bor ishq ichrakim,
  • Xo‘blikda ul sanam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
  • Qay kishikim bir ulug‘ ishga etibdi jon nisor,
  • Shiddati past-u baland kelganda ham qilmaydi or,
  • Ey falak, hech kimni etma besamar yo‘llarda xor,
  • Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o‘zga yor,
  • O‘lmishamkim, bu alam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
  • Ona Sharq tojin kiyur! Zulmatda ushlatmang meni,
  • Bodayi haq mastiman, yolg‘onga uyg‘atmang meni,
  • O‘z xayolimg‘a qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni,
  • Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni,
  • Kim bu rasvoyi dajam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
  • Har kima har xil yozur bu Arshni Mirzosi sana,
  • Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana,
  • Nafs ipiga bog‘lidur ruh iplarin uzgan tana,
  • Ko‘yining ehromidan ko‘nglimni man etmang yana,
  • Kim anga azmi haram avvalgilarg‘a o‘xshamas.
  • So‘kmak o‘tganlar ishini notavonlar rasmikim,
  • O‘z zamonin rost etar qavmi marddir aslikim,
  • Shu hayot tilsimlarin ochmoq Omonlar kasbikim,
  • Ey Navoiy, qilma Jamshid-u Faridun vasfikim,
  • Shoh G‘oziyga karam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
  • OMON MATJON SHE’RLARI HAQIDA
  • Chinakam shoir o‘zining kayfiyatini, kechinmalarini o‘zgalarga yuqtira oladi. Omon Matjonning siz o‘rganib chiqqan she’rlarida ayni shu holat yaqqol seziladi. Har uch she’rni o‘qiganingizda o‘zingiz sezib yo sezmay, shoir ifoda qilayotgan tuyg‘ular ta’siriga tushib qolasiz. Chunki shoir she’rxonlarning ruhiy dunyosini yaxshi biladi. Uning yuragini to‘lqinlantiradigan, tuyg‘ularini uyg‘otadigan tasvirni beradi.
  • Bu tasvirlar she’rxonning badanini jimirlatadigan, ruhini bezovta qiladigan tarzda amalga oshiriladi.
  • Siz xalqning qudrati, uning buyukligi, uning hayotini yaxshilash zarurligi haqida juda ko‘p gaplar aytilganini, hozir ham aytilayotganini bilasiz. Ammo xalq oddiy odamlardan iborat ekanligini, uning orasida oliyjanob-u buyuklar ham, pastkash-u qalloblar ham borligini, shu bois xalqni muqaddaslashtirish o‘rniga uning ma’naviy darajasini ko‘ta rish kerakligi shoir she’rlarida yorqin ifodalangan.
  • Haqiqiy she’r hamisha yolg‘ondan yiroq bo‘lgan chin insoniy tuyg‘ularni aks ettiradi.
  • Shoir xalqini chin yurakdan sevadi. Uning kelajagi uchun qayg‘uradi. Shu bois uni kamchiliksiz, buyuk ko‘rgisi keladi. Aynan yaxshi ko‘rgani sabab xalqiga chin so‘zni ayta oladi.
  • Shoirning mustabid tuzum hukmronligi avjiga chiqqan bir zamonda yozilgan “Eng so‘nggi xazina” deb nomlanadigan she’ridagi insoniy jasorat va badiiy joziba kishini hayratga soladi. She’rda millatning o‘zli gini tayin etadigan eng so‘nggi va bebaho xazina–milliy g‘urur ekani voqeaband yo‘sinda aks ettirilgan. She’rda Omon Matjonning o‘sha paytlardayoq o‘z millatining tenglar ichra teng bo‘lishini istagani yaq qol ko‘zga tashlanadi.

Ijodi

  • Sheʼrlari 1965-yildan boshlab eʼlon qilina boshlagan. Shoirning „Karvon qoʻngʻirogʻi“ (1973), „Quyosh soati“ (1974), „Yonayotgan daraxt“ (1977), „Yarador chaqmoq“ (1977), „Seni yaxshi koʻraman“ (1981), „Daraxtlar va giyohlar“ (1984), „Oʻrtamizda birgina olma“ (1990), „Odamning soyasi quyoshga tushdi“ (1991), „Qush yoʻli“ (1993), „Iymon yogʻdusi“ (1994), „Ardaxiva“ (2000), „Xoja Ahror ziyoratlari“ (2002) va boshqa sheʼriy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, oʻzi tugʻilib oʻsgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustu-vorlik qiladi. Omon Matjon lirik sheʼrlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining oʻziga xos badiiy talqini — „Haqqush qichqirigʻi“ (40 afsona, 1979) sheʼrlar kitobini, istiqlol arafasidagi shoʻrolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bagʻishlangan „Gaplashadigan vaqtlar“ (1986) qissasini, shuningdek, oʻzbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari („Pahlavon Mahmud“, 1975; „Beruniy“, 1977 va boshqalar) ni yaratgan. „Ming bir yogʻdu“ (1982) asari Navoiy „Xamsa“si taʼsirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida oʻtmishda yashab ijod qilgan oʻlmas siymolar hayoti va hozirgi davr muammolarini tasvirlashda liro-epik sheʼriyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Oʻzbek sheʼriyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik sheʼriyatni epik sheʼriyat unsurlari bilan boyitgan.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling