O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 2.48 Mb.
bet293/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

ADABIYOTLAR RO`YXATI
  1. O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni. Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 1998y.


  2. Мирзиёев Ш.M. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. –T., “Ўзбекистон”, 2017й, 43 б


  3. Pеdаgоgikа. // M.Tохtахоdjаеvаning umumiy tаhriri оstidа. – T.: O`zbеkistоn Fаylаsuflаri Milliy jаmiyati, 2010.


  4. Zunnunov A., U. Mahkamov. Didaktika. – T.: “Sharq”, 2006.


  5. Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.84-85b.


  6. Dr Jo Westbrook, Dr Naureen Durrani, Rhona Brown, Dr David Orr, Dr John Pryor, Dr Janet Boddy, Francesca Salvi. Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing Countries.


  7. Sh.Abdullayeva, D.Axatova, B.Sobirov, S.Sayitov.Pedagogika. Ekspress-ma’lumotnoma.T., “Fan”,2005 yil


  8. Kоменский Я.А. Буюк дидактика. T.: “Ўқитувчи”, 1975.


  9. Roziqov O.,B.Adizov, G.Najmidinova. Umumiy didaktika. Buxoro., “Durdona”, 2012 y


  10. Подласый И.П. Педагогика1-2 е. -M.: Владос, 1999.





8-mavzu:

TA`LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI. (NOAN`ANAVIY TA`LIM SHAKLLARI).

Reja
  1. Ta’lim shakllarining tarixiy taraqqiyoti.


  2. Sinf, dars tushunchalari va uning mohiyati, darsga qo’yilgan talablar.


  3. Sinf-dars shaklidagi dars turlari va ularning tuzilish shakllari.


  4. Seminar, amaliy va tajriba ishlari shaklidagi mashg’ulotlar.


  5. Ta’limning noan’anaviy shakllari, ularning o’quvchi mustaqil fikrlashni o’stirishidagi ahamiyati.




Mashg’ulotnin borishi

Ta’lim shakllarining tarixiy taraqqiyoti Dastlab ta’lim shakllarining paydo bo’lishi tarixiga qisqacha to’xtalib o’tish kerak. O’tmishdagi musulmon maktab va madrasalarning ta’lim berish shakllari, keyinchalik XV11 asrga kelib, buyuk pedagog Ya.A. Komenskiy (1592-1670) tomonidan maktab ta’limida sinf-dars tizimini yaratilishi, bu tizim tezda shuhrat qozonib, ko’p davlatlarga yoyilib ketganligi haqida gapiriladi. Bu tizimning Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq etilmaganligi va faqat oktabr to’ntarilishidan so’ng bizga sinf-dars tizimining kirib kelganligiga to’xtalib o’tiladi. Sinf va dars tushunchalariga ta’rif beriladi. Sinf- dars tizimining mohiyati yoritiladi.


Sinf, dars tushunchalari va uning mohiyati, darsga qo’yilgan talablar. . O‘quvchining darsga tayyorgarligi. Dars oldiga qo’yilgan didaktik talablarga to’xtab o’tish lozim. Dars turlari: 1.Yangi bilimni bayon qilish, 2.O’quv materiallarini mustahkamlash, 3. Takrorlash va umumlashtirish, 4. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash, 5.Aralash darslar haqida gapiriladi. So’ngra esa yuqoridagi adabiyotlardan foydalangan holda har bir dars turining tuzilishi, tartmbiga oid misollar keltiriladi.
Biz hammamiz sinf-dars tizimida o’qiganmiz. Xo’sh, bu tizimning mohiyati nimadan iborat va u qanday tuzilishga ega?
Ta’limning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg`ulotlardir. Dars - o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Shuni unutmaslik kerakki, ta’lim ishlari darsdan tashqari ham to’garak, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Talabalar darsga qo’yilgan talablarga va sinf- dars tizimining zamonaviy /noan’anaviy/shakli haqida ham o’z fikrlarini bayon etishlari lozim.

b) Talabalar ma’ruza va seminar mashg`ulotlari davomida dars tiplari va ularning tuzilishini mazmun mohiyatini asosan o’rganib chiqishgan. Shuning uchun dars tiplarini tuzilishi jihatdan to’g`ri tanlab bilishlari haqida to’xtalib, dars tiplarini sanab o’tishlari mumkin

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling