2.1.2-o‘quv elementi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Nazariy blok. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraq-qiyoti. So‘g’diyona, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim-tarbiya. Xalq maktablari, san’at maktablari. “Avesto” – eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi. Xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasining boshlanishi. Ilk yozma pedagogik manbalar.
Muammoli blok. “Onalar maktabi” va “Xalq maktabi”ni qiyosiy tahlil etish.
Mustaqil ta’lim bloki. “Avesto” kitobini o‘qib, annotatsiya yozish. 2.2-submodul. VII-XIV asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyoda maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
2.2.1-o‘quv elementi. VII asrdan IX asrgacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
Nazariy blok. Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni. Diniy kitob-larning tarbiyaviy ahamiyati. Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai. Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi.
Muammoli blok. Musulmon maktablaridagi o‘qitish tizimini tahlil etish.
Mustaqil ta’lim bloki. Abu Аbdulloh ibn Ismoil al-Buxoriyning “Аl-adab аl-mufrat” 20 ta hadisni ko‘chirib yozish.
2.2.2-o‘quv elementi. Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi.
Nazariy blok. IX-XI asrlar – Sharq Uyg’onish davri. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Abu nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Abu Ali ibn Sino tar-biya va ta’lim haqida.
Muammoli blok. Ilk Sharq Uyg’onish davridagi pedagogik fikrlarni qiyosiy tahlil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |