O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Sinfda ijobiy an’analarni qaror toptirish deganda nimani tushunasiz?


Download 2.48 Mb.
bet77/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Sinfda ijobiy an’analarni qaror toptirish deganda nimani tushunasiz?

«An’ana» asli arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir»1. Bu jamoa hayotiga mustahkam o’rnashib qolgan ijobiy tajribalardir. Turli bayramlarni nishonlash, ijodiy ko’riklar tashkil etish, maktabni bitirganlar bilan uchrashuvlar, tug’ilgan kunlarni muborakbod etish kabi an’analar bo’lishi mumkin.
Har qanday an’ana sinf o’qituvchilari va ota-onalar nazaridan chetda qolmasligi kerak. Ular qo’llab-quvvatlagan taqdirdagina bu boqiy an’anaga aylanadi. Yaxshi an’ana sinf jamoasining jipslashuviga ko’maklashadi.


O’quvchilarga yagona talablar qo’yishning jamoani jipslashtirishdagi ahamiyati qanday?
O’quvchilar jamoalarining tarbiyalanganlik darajalari pastligi ko’pincha maktabda o’quvchilarga qo’yiladigan Yagona talablarning yo’qligi bilan izohlanadi. Yagona talablar o’quvchilarda javobgarlik munosabatini, yuksak o’zaro talabchanlikni tarbiyalashga, ularda yuksak axloqiy odatlarni tarkib toptirishga , mustahkam an’analar yaratishga yordam beradi.
Yagona talablarni ishlab chiqishda o’quvchilarning o’zlari, sinf rahbari, ota-onalar qatnashishlari mumkin. Uni tuzishda har bir maktabning o’ziga xos xususiyatlari, mahalliy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Yagona talablar buyruqbozlikka nisbatan katta afzalliklarga ega. U barcha o’quvchilar tomonidan g’oyat adolatli deb idrok etiladi, tirishqoqlik bilan bajariladi.
Sinf jamoasining shakllanishi va uning rivojlanib, uyushib borishida o’qituvchining roli juda katta. U jamoani tarbiya maqsadiga muvofiq rivojlantirishga yo’naltiradi. Jamoaning faoliyatida sinf faollarining o’rni ham muhim bo’lib, ishonchli, ishchan faollarni tanlash uchun o’qituvchi o’quvchilarning faoliyatini, sinf ishlariga kim qanday munosabatda bo’lishini kuzatishi, har bir o’quvchi bilan shaxsan suhbatlashib ijtimoiy ish bilan shug’ullanish istagini bilishi, ishning uddasidan chiqadigan bolalarni aniqlashi zarur. Jamoani uyushtirishda jamoatchilik topshirig’idan, o’quvchilarni istiqbolga chorlash, sinfda ijobiy an’analarni qaror toptirish va o’quvchilarga yagona talablar qo’yishdan o’z o’rnida foydalana olishi lozim.
Yuqоridа bildirilgаn fikrlаrdаn quyidаgi хulоsаlаrgа kеlish mumkin.
1. Jаmоа bir nеchа а’zо (kishi)lаrdаn tаshkil tоpgаn muаyyan guruh bo`lib, u ijtimоiy аhаmiyatgа egа bo`lgаn umumiy mаqsаd аsоsidа birlаshаdi hаmdа mаzkur mаqsаdni аmаlgа оshirish uchun yo`nаltirilgаn fаоliyatni tаshkil etаdi.
2. Jаmоа o`zidа bir nеchа хususiyat (bеlgi)lаrni nаmоyon etаdi.
3. Jаmоаni shаkllаntirish muаyyan qоnuniyatlаrgа bo`ysunаdigаn uzоq muddаtli, murаkkаb jаrаyon bo`lib, u ko`pchilik tаdqiqоtchilаrning e’tirоf etishlаrigа ko`rа to`rt bоsqchdаn ibоrаt bo`lаdi.
4. Jаmоаni shаkllаntirish o`zigа хоs mеtоdikа аsоsidа аmаlgа оshrilаdi. Ushbu mеtоdikа dоirаsidа jаmоаgа nisbаtаn tаlаblаrning qo`yilishi, jаmоа fаоli (аktivi)ni tаrbiyalаsh mаsаlаsi аlоhidа аhаmiyatgа egаdir.
5. Jаmоаning mustаhkаm bo`lishi, uning а’zоlаri o`rtаsidа o`zаrо yordаm hаmdа hаmkоrlikning qаrоr tоpishidа jаmоа аn’аnаlаri muhim аhаmiyat kаsb etаdi.



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling