O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


«Komillikning asosiy belgilari» mavzusida kichik munozara tashkil eting


Download 2.48 Mb.
bet99/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

«Komillikning asosiy belgilari» mavzusida kichik munozara tashkil eting. «Aqliy hujum» usulidan foydalangan holda mazkur muammoga javob izlanadi.
Bunda M. Mahmudovning fikrlarini e’tiborga olishingiz lozim. U Islom Karimovning «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin» asarida komil inson shaxsi kontekstida qaraladigan yuzdan ortiq deskriptor2 mavjudligini aytib, ularni qisqartirilgan holda keltiradi. Bular: 1) o’zini anglash; 2) o’zligini anglash; 3) an’analarini anglash; 4) xalqning orzu-istaklarini bilish; 5) jamiyat oldidagi maqsadni tushunish; 6) yagona milliy bayroq ostida birlashish; 7) xalq va davlat xavfsizligi to’g’risida qayg’urish; 8) vatanni sevish; 9) el-yurtga sadoqat; 10) insonparvarlik hissi; 11) odamiylik fazilatlari; 12) o’tmish va kelajak o’rtasidagi vorislik; ulug’ ajdodlar merosini egallash; 14) milliy qadriyatlarni bilish; 15) umumbashariy qadriyatlarni egallash; 16) yurt birligi to’g’risida qayg’urish; 17) o’z oldiga maqsad qo’ya bilish; 18) ta’lim-tarbiya birligi; 19) ta’lim-tarbiyaning ongni o’zgartirishi; 20) ong, tafakkurning jamiyatni o’zgartirishi; 21) mustaqil fikrlash; 22)ijtimoiy-siyosiy iqlim o’zgarishi; 23) insonning hayotda o’z o’rnini topishi; 24) iymoni butunlik, 25) sog’lom fikrlilik; 26) zehn-zakovatli yoshlarni tarbiyalash va shakllantirish3.
«Komillik- mehr-muruvvat, adolat, to’g’rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat kabi ko’plab asl insoniy xislat va fazilatlarning majmuidir»1.


Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodni voyaga yetkazish haqida qayg’urmagan xalqning, millatning kelajagi bo’lmaydi. Komil inson g’oyasi azal-azaldan o’zbek xalqimizning ezgu orzusi, millat ma’naviyatining uzviy bir qismi bo’lib kelgan.

Oila murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, biologik ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi.
Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil qiladi. Oila jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy bo’g’ini bo’lib, o’zida oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi.
Bu muqaddas dargohda kelajak kishisi kamolga yetadi. Keksalar ko’pincha «Bug’doy eksang bug’doy olasan, arpa eksang- arpa olasan» deyishadi. Shuning uchun ham kelajagimizning qanday bo’lishi bugun qanday hayot kechirayotganimizga, bolalarimizga qanday tarbiya berayotganimizga, ular qalbini qanday tuyg’ular, orzular bilan to’ldirayotganimizga bog’liq.
Oilaviy tarbiya doimo o’zining murakkab va ko’p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi. Bu shu bilan izohlanadiki, har bir oila o’ziga xos bir olam, olam ichidagi olam, shu bilan birga olamga sig’magan olam, u tarbiya ishida o’ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o’zida namoyon qiladi.
Biz oila haqida gapirar ekanmiz, unga qanday vazifa (funksiya)lar yuklatilganligini bilishga qiziqishimiz ham shubhasiz.
Oilaning asosiy vazifalari, funksiyalari quyidagilardan iborat:

2-32 chizma





Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling