O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?


Download 2.48 Mb.
bet101/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Oilaning felitsitologik funksiyasi nima? Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felitsite»- baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko’p jihatdan hal qiluvchi omil bo’lib bormoqda. Oilada er-xotining bir-birini to’liq tushunishi- ularning o’zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o’zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidorni) ro’yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o’zini baxtli his qilish imkonini beradi»1. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda.
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro’ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodi nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo’llab- quvvatlash nazarda tutiladi.
Oilaning relaksatsiya funksiyasi uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir2.
Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog’lomligiga ham ta’sir etadi.
(Har bir funksiya mohiyati tushuntirilgandan so’ng kichik munozara tashkil etiladi)


O’qituvchi: Mening qo’limda uch dona konvert bor. Har birida muayyan mavzu mavjud. Marhamat, bitta mavzuni tanlab, mini-munozara tashkil eting.
Munozara mavzulari:

  1. Kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi.


  2. Qush uyasida ko’rganini qiladi...


  3. Jamiyat farovonligi - oila farovonligidir.




( mavzulardan biri tanlanadi va mini-munozara qatnashchilari belgilanadi)
Auditoriyadagi talabalar diqqatiga savol:

  1. Ushbu mini-munozarada oilaning qaysi funksiyasi to’g’risida fikr bayon qilinyapti?


  2. Munozarani diqqat bilan tinglang va mushohada qiling. Bildirilgan fikrlarga munosabatingizni tarqatilgan rangli kartochkalar orqali izhor eting.


(Ko’k rangli kartochkalar - tasdiq ma’nosini,


Sariq rangli kartochkalar - inkor ma’nosini,
Qizil rangli kartochkalar -savol va jumboq, e’tiroz ma’nosini bildiradi)
Mini-munozara boshlanishidan oldin mavzuga taaluqli videofilm namoyish etiladi.



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling