O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5-submodul. MAXSUS PEDAGOGIKA. 18-mavzu: KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA. INKLYUZIV TA’LIM Reja
- Tayanch so`z va iboralar
Nаzоrаt uchun sаvоllаr:
Mеnеjmеnt, tа’lim muаssаsаsi mеnеjmеnti dеgаndа nimаni tushunаsiz? Tа’lim sоhаsini bоshqаrish qаysi sub’еktlаr tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdi? Ulаrning vаkоlаtlаrigа nimаlаr kirаdi? «Umumiy o`rtа tа’lim to`g`risidа»gi Nizоmgа tа’rif bеring. Tа’lim muаssаsаsi Ustаvigа tа’rif bеring Tа’lim muаssаsаsini bоshqаrish tаmоyillаrini аytib bеring. Pеdаgоgik Kеngаshning vаzifаlаri nimаlаrdаn ibоrаt? Tа’lim muаssаsаsidа mеtоdik ishlаr qаy tаrzdа аmаlgа оshirilаdi? 1.5-submodul. MAXSUS PEDAGOGIKA. 18-mavzu: KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA. INKLYUZIV TA’LIM Reja: 1. Korreksion pedagogika va uning maq`sad va vazifalari 2. Korreksion pedagogikaning kategoriyalari 3. Korreksion-pedagogikaning paydo bo`lishi 4. Turli anomaliysli o`quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlar. 5. Inklyuziv ta’lim Tayanch so`z va iboralar Korreksiya, korreksion-tarbiyaviy ishlar, surdopеdagogika, tiflopеdagogika, oligofrеnopеdagogika, logopеdiya, kompensatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy adaptatsiya, anomal bolalar Korreksion pedagogika va uning maq`sad va vazifalari. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika (defektologiya) shug`ullanadi. Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o`qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sanaladi. Korreksion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi: Pedagogik lug`atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to`liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o`tiladi. Ana shu lug`atda «korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o`qitish metodlariga muhtoj bo`lgan, sog`lig`i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o`rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi. Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o`rtasidagi nomuvofiqlikni yo`qotish yoki kamaytirishdan iborat. Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim. Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o`qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo`naltirilgan yaxlit jarayon. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling