Ta’lim jarayoni Reja


Download 422.5 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi422.5 Kb.
#1444803
  1   2   3
Bog'liq
Ta’lim jarayoni

Ta’lim jarayoni

Reja:

  • 1. O’qishning mohiyati va uning qonuniyatlari. 2. Ta’lim jarayonini boshqarish muammosi. 3. Ta’limni intensivlashtirish va aktiv, mustaqil, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish. 4. Ta’limni individuallashtirish va qobiliyatlarni rivojlantirish

O’qishning mohiyati va uning qonuniyatlari.

  • 1997 yilda qabul qilingan "Ta’lim to’g`risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida" shaxs kamoloti asosiy masala sifatida e’tirof etilgan.

Mavzuning dolzarbligi

  • Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o’quvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o’qituvchi o’z o’quvchilarida o’z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. qiziqishlar orqali o’quvchilarda ta’limga aktiv munosabat namoyon bo’ladi. Qiziqishlar o’quvchilar hayotida katta rol o’ynaydi. Ular o’quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlaridir. O’quvchilarning muayyan maqsadni ko’zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni enga olishida, ishdan chalg`itadigan narsalar bilan shug`ullanishdan o’zini tiya olishida, unda o’qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo’ladigan iroda ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim jarayonini boshqarish muammosi

  • Ta’lim jarayoni avvalo o’quvchilar diqqatini yo’lga solishni talab etadi. Darslarda ko’rgazmali qurollardan, texnik va EXM vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash xolatini yuzaga keltirishgina emas, balki o’quvchilarning darsda o’tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini ko’zatish hamdir. Ta’lim jarayonining samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchi tomonidan beriladigan ko’rsatmalarga ham bog`liq. O’qituvchining roli shundan iboratki, u o’quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolishi keraqligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so’zma-so’z esda olib qolishni, nimaning ma’nosini o’z so’zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko’rsatib o’tishi lozim. Ko’zatishlar ko’rsatadiki, bunday ko’rsatmalar berilmaganda, o’quvchilarda ko’pincha noto’g`ri tasavvurlar vujudga keladi.

Download 422.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling