O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 2.48 Mb.
bet224/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Taqlid qilish- inson ruhiyatini o’ziga rom qilishning bir turidir. U asosan individning ma’lum bir hulq-atvor, harakat tarzi, qiliqlari takrorlashini anglatadi. Mashhur psixoterapevt V. L. Levi ichki va tashqi taqlid qilish mavjudligini aniqlagan. U ichki taqlid qilishda boshqa kishi sezgi mantig’i va xulqi intuitiv (ong bilan sezish) ravishda qamrab olinadi, deb hisoblaydi.
Pedagogik ta’sir etishning metodi bo’lgan ishontirish bilan birga uqtirish ham o’quv-tarbiyaviy jarayonda muhim rol uynaydi. Uqtirish-kishilarning muloqot va faoliyati jarayonida o’zaro ta’sir etishlari vositalaridan biridir. Uqtirishning o’ziga xosligi-inson ruhiyatiga uning o’ziga sezdirmasdan ta’sir etishi, shaxs psixikasi tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borishi va kundalik hayotdagi qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo’l-yo’riqlarda aks etishidir.
Ichki taqlid qilishda kishining tashqi qiyofasi ham hisobga olinadi, Lekin ular tabiiydek tuyuladi. Axir biz ixtiyoriy kishi bilan muloqotda bo’lganimizda, uni xayolan ifodalay olishimizdan ko’proq ma’lumotni o’zimizga olamiz, va sezamiz. Ichki va tashqi taqlid qilishni bilish yosh o’qituvchiga o’z ustida ishlashga yordam beradi.
Uqtirish- bu bir kishini ikkinchi kishiga yoki kishilar guruhiga ruhiy ta’sir etishi bo’lib, unda so’z ifoda va fikrlarni hech qanday tanqid alomatisiz erkin tushuntiriladi. Fanda ta’kidlanganidek, uqtirishning mohiyatii tinglovchining so’zlovchiga nisbatan to’la ishonch bildirishdir. Bu holda so’zlovchi tinglovchida aynan o’zidagi tasavvur, qiyofa va sezgilarni gavdalantiradiyu, natijada uning oldida to’la ishonch qozonadi.
Uqtirib ta’sir etishning asosiy shakli bir tomondan axborot manbai sozlovchining obro’ga ega bo’lishi, ikkinchi tomondan esa tinglovchida ishonch hosil qilishi, hech bo’lmaganda, ta’sir ko’rsatishga qarshilik bildirmasligiga erishishdir. Mana shunga amal qilgandagina uqtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin.
Uqtirish, kishilarning muloqotda o’zaro ta’sir etish jarayoni sifatida ixtiyoriy va ixtiyorsiz to’g’ridan-to’g’ri ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Pedagogik jihatdan to’g’ri qo’llangan uqtirish juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo’lishi mumkin.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling