O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
-submodul. PEDAGOGIK FAOLIYATNI ILMIY TASHKIL ETISH
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
- Pedagoglar texnikasi o’qituvchi faoliyatini tartibga soluvchi shakl sifatida. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
3.4-submodul. PEDAGOGIK FAOLIYATNI ILMIY TASHKIL ETISH.
37-mavzu: PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI Reja Pedagoglar texnikasi o’qituvchi faoliyatini tartibga soluvchi shakl sifatida. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Maqsadga qaratilganlik va pedagogning tashqi ko’rinishi Pedagogik texnika malakalarining xususiyatlari va uni egallash yo’llari. Til va nutqning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o’rni. Pedagogik nutq, uning shakllari, funksiyalari va xususiyatlari. Nutq texnikasi, nafas olish, talaffuz. Tayanch so`z va iboralar: Pedagogik texnika, pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari, maqsadga qaratilganlik va pedagogning tashqi ko’rinishi, pedagogik texnika malakalarining xususiyatlari, til va nutq, pedagogik nutq, uning shakllari, funksiyalari va xususiyatlari, nutq texnikasi, nafas olish, talaffuz, pantomimika , mimika , m onolog, dialog, polilog, tovush, diksiya, ritmika Pedagoglar texnikasi o’qituvchi faoliyatini tartibga soluvchi shakl sifatida. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Pedagogik texnika o’qituvchiga o’quv va o’qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo’lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi. Avvalo, pedagogik texnikaning tarkibiy qismi sifatida o’qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirishi, o’z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etishi, o’z fikr va his -tuyg’ularini so’zda aniq ifodalash malakasini aytib o’tish mumkin. Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi pedagogning mimik va pantomimik ifodaligidir. Aniq imo - ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum pedagogik ta’sir ko’rsatishda ko’p so’zli tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomila vositalari bo’ladi. Pedagogik texnikaning birinchi guruh komponentlari o’z xulqini, yurish turishini boshqarish malakalari bilan bog’liq. O’z gavdasini boshqara olish (mimika, pontomimika); Hissiyoti va kayfiyatini boshqarish (ortiqcha ruhiy charchashlarni yo’qota olishi, ijodiy hissiyotlarni vujudga keltira olishi); ijtimoiy perseptiv qobiliyatlar (diqqat «yuzidan uqib olish», kuzatuvchanlik, xayol); nutq texnikasi (nafas, ovozni moslashishi, talaffuz tarzi, nutq sur’ati). Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari shaxsga va jamoaga ta’sir ko’rsatish malakalari bilan bog’liq bo’lib, ta’lim - tarbiya jarayonining texnologik tomonini yoritadi: didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, qobiliyatlar; talab qo’yish, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish, pedagogik muloqotni boshqarish va boshqalar. YOsh o’qituvchilar pedagogik texnikasida quyidagi juz’iy kamchiliklar uchraydi: O’quvchi yoki uning ota-onasi bilan sidqidildan so’zlasha olmaslik; G’azabni to’xtata olmaslik yoki uni o’z o’rnida ishlata olmaslik; O’zida ishonchsizlikni yenga olmasligi; Nutqdagi nuqson, fikrini ravon bayon eta olmaslik; Ortiqcha qattiq qo’llik; Xushmuomala bo’lishdan qo’rqish; Juda tez gapirish (ayniqsa darsda); Ortiqcha harakat yoki bir joyda qotib qolish, qo’llarini qayerga qo’yishni bilmaslik; O’z gavdasini tutishdagi kamchilik (bukchayib, yerga qarab yurish, befoyda kulish, ortiqcha harakat) turli jismlarni qo’lida aylantirib yurishi. Tovushdagi kamchiliklar: monoton-bir ohangni zerikarli, nutqning hayotiy emasligi, ifodali o’qish malakasini yo’qligi (diksiya). Nutqdagi kamchiliklar: aniq talaffuz tarzining yo’qligi, xona uchun zarur tovush qattiqligini tanlay bilmasligi. YUqoridagi kamchiliklar o’qituvchi uchun o’quvchilarga samarali ta’sir etishga halaqit beradi. Ularga talabalik davridayoq barham berish, bo’lajak pedagoglar uchun juda ahamiyatlidir. Bunga maxsus mashqlarni mustaqil ravishda takrorlash natijasida erishiladi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling