O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMI. «TA`LIM TO’G’RISIDA»GI QONUN VA «KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI» MOHIYATI. PEDAGOGLIK KASBI VA UNING VAZIFALARI


Download 2.48 Mb.
bet268/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMI. «TA`LIM TO’G’RISIDA»GI QONUN VA «KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI» MOHIYATI. PEDAGOGLIK KASBI VA UNING VAZIFALARI
Reja
  1. Ta’lim-tarbiya sohasida islohotlar o’tkazish zarurligi.


  2. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, uning tuzilishi, mohiyati.


  3. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsad, vazifalari, uni ro’yobga chiqarish bosqichlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli.


  4. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va milliy dastur asosida ta’lim tizimi va turlari. Ta’lim sohasidagi islohotlarning borishi.


  5. Pedagoglik kasbi va uning vazifalari




Mashg’ulotning borishi:
1.Savol. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yo’nalishlari haqida fikrimiz.
2. Savol. Biz barpo etayotgan jamiyatning nazariy asoslari qaysi asarlarda yoritib berilgan?
3. Savol. Tub islohotlar bevosita I.A. Karimov nomi bilan bog’liqligini tushuntiring

4. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Harakatlar strategiyasi”dagi ta’lim-tarbiya masalalarining mohiyati nimada?


  1. Talabalar mashg’ulotga tayyorlarlikni boshlashda «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» asarini tuliq o’rganib chiqishadilar. Nutqda ko’rsatilgan ta’lim-tarbiya sohasidagi kamchiliklar, muammolar va bulardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo’lgan islohotlar haqidagi fikrlar o’rganiladi, muhokama etiladi. Bundan tashqari 1999 yil nashr etilgan «Barkamol avlod orzusi»kitobining 11-20, 39-45, 56, 58, 64-66-betlaridan foydalanib, 1-savolga javob qaytarishlari mumkin.


  2. 1997 yil 29- avgustida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» kitobi yoki ma’rifat gazetasi, «Xalq ta’limi» jurnalida e’lon qilingan qonun asosida o’rganib chiqiladi. Qonunning 5-bob 34 moddadan iborat ekanligi, boblarning nomlari va qonunning mohiyat moddalari asosida yoritib beriladi.


  3. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham shu manbaalar asosida o’rganiladi va tahlil etiladi. Dastlab ta’lim tizimidagi kamchilik va muammolar, isloh qilish omillari haqida gapiriladi. Keyin dasturning maqsad va vazifalari, uni ro’yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning milliy modeli (shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish) masalalari yoritib beriladi. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlariga ham tuxtalib o’tiladi.


  4. «Ta’lim to’g’risida»gi qonunning II-bo`limi (“Ta’lim tizimi va turlari”) 9-19 moddalari va milliy dasturning 3-bobidagi «Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari» bo’limi chuqur o’rganib chiqiladi, ta’lim turlari haqida to’liq tasavvur hosil qilinadi. So’ngra esa qonun va milliy dastur asosida ta’lim-tarbiya tizimida o’tkazilayotgan islohotlar, olib borilayotgan ishlar haqida fikrlar bildiriladi. Shu talablar asosida DTS ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilayotgani, ta’lim mazmuni tubdan yangilanganligi, nodavlat ta’lim muassasalarining rivojlanib borganligi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yuzaga kelishi va yildan-yilga ko’payib borayotganligi, oliy ta’limda ikki: bakalavriyat va magistratura bosqichlari amalga oshirilayotganligi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifat va samaradorligi oshib borayotganligi haqida o’z qarashlarini bayon etadilar.




Keys
  1. O’zbеkistоn milliy istiqlоlgа erishgаndаn kеyin 1992 yil iyul оyidа birinchi «Tа`lim to’g’risidа»gi qоnun qаbul qilindi. Bu qоnun 1997 yilgа kеlib tаlаbgа jаvоb bеrmаy qоldi. Nimа sаbаbdаn qоnun shunchаlik tеz «eskirdi»? Uzоq muddаtgа mo’ljаllаb ishlаb chiqilsа bo’lmаsmidi?.


  2. 1997 yil аvgustidа «Tа`lim to’g’risidа»gi yangi qоnun qаbul qilindi. Qоnun bilаn birgа «Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi» hаm ishlаb chiqildi. Bu ikki hujjаtni ishlаb chiqilishidа qаndаy mа`nо bоr. Sizningchа bu hujjаtlаr O’zbekistоndа tа`lim tаrаqqiyotigа qаndаy tа`sir ko’rsаtаdi, pеdаgоgikа rivоjigаchi?


  3. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturidа kаdrlаr tаyyorlаsh milliy mоdеli ishlаb chiqilgаn. Undа - shахs, dаvlаt vа jаmiyat, uzluksiz tа`lim, fаn vа ishlаb chiqаrish uzviy bоg’liqlikdа fаоliyat yuritishi qаyd etilgаn. Milliy mоdеlning bu 5 kоmpоnеntlаri оrаsidаgi bоg’lаnishni izоhlаng. Chizmа hоligа kеltiring. Аgаr аhаmiyatigа ko’rа qаytа jоylаshtiring dеyilsа qаndаy tаrtibdа jоylаshtirgаn bo’lаr edingiz?.


  4. «Tа`lim to’g’risidа»gi qоnun vа Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi sаkkiz yildаn bеri hаyotgа tаtbiq etib kеlinmоqdа. Erishilgаn nаtijаlаr judа yuqоri. Yanаdа sаmаrаli bo’lishi uchun tа`lim sоhаsidа qаndаy o’zgаrishlаr qilishni mа`qullаgаn bo’lаr edingiz? Barkamol shaxs kamol topishiga va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni solishtiring va ular o`rtasida bog`liqlik, farq va o`xshashlikni aniqlang. Sizning nazaringizda qaysi omilning ta'siri shaxs kamolotiga kuchliroq bo`ladi, biror omilni kuchliroq dеyish mumkinmi?


5. Pedagoglik kasbining mohiyati, paydo bo’lishi va ravnaq topishi haqida to`xtab o`tish lozim: Har bir jamiyatda, oldingi tuzumlarda ham o’qituvchi ustoz muallim oldiga eng muhim vazifa jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi qo’yilgan.


Hatto ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlaridayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda ancha tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar.
Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Gretsiyada bolalarni o’qitadigan kishini didaskal ("o’qitaman", "o’rgataman") deb ataganlar. O’g’il bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borgan, bunday qul pedagog (("payne") bola, "agogeyn" yetaklab bormoq) deb atalgan.
Har bir jamiyatda ham pedagoglarga o’qituvchi tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan.
Ayniqsa bizning mustaqil O’zbekistonimizda o’qituvchiga hurmat e’tibor va unga qo’yiladigan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormoqda.
2. Sharq mutafakkirlari va G’arb pedagoglari tomonidan pedagoglik kasbi ijtimoiy ahamiyatining baholanishi masalasida quyidagilarga e’tibor qaratiladi: SHarq mutafakkirlari va allomalarining ijodiy meroslarida o’qituvchi tarbiyachi mahorati, ustozlik - shogirdlik shartlariga ham alohida o’rin berilgan.


Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling