Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1-topshiriq. Turli yoshdagi o’quvchilar (kichik yoshdagilar, o’smirlar, katta yoshdagilar) bilan odob-axloq masalalarini muhokama qilish uchun badiiy asar, kinofilmlarni tanlang.
5, 6, 9 sinflar o’quvchilari uchun etik suhbatlar sistemasini ishlab chiqing. O’quvchilarning yoshini, axloqiy bilim darajasini, qo’yilgan tarbiyaviy vazifalarni hisobga olgan holda tanlangan mavzularni asoslab bering.
2- topshiriq. Kommunikativ ko’nikmalaringizni baholashni o’zingiz o’tkazing. Sinf o’quvchilar guruhi va har bir o’quvchi bilan yakka tartibda muloqot o’tkazishga tayyorgarligingizni o’zingiz baholashga urinib ko’ring. O’quvchilarning axloqiy pokligini ta’inlash bo’yicha ular bilan yakka tartibda ishlashda pedagog-novatorlarning tavsiya qilgan kitoblaridan misolllar keltiring. SHunga o’xshash vaziyatlarda siz qanday ish tutgan bo’lar edingiz? Siz o’quvchi kayfiyatini tushunishga, uning o’z kuchlariga qat’iy ishonch hosil qildirishga, birgalikda izlanishga kirishishga qodirmisiz?
3-topshiriq.
Kishikim hayotdan olmasa ta’lim
Unga o’rgata olmas hech bir muallim.
Buyuk adib Rudakiyning ushbu misrasini keng tahlil qilib bering.
4-topshiriq. Mutaxassislik faningiz, pedagogika va psixologiyaga oid yangi ilmiy materiallarni, maqola va adabiyotlarni yig’ing va tahlil qiling.
5- toppshiriq. O’rgangan ilg’or tajribalaringizdan namunalar keltiring.
6- topshiriq. O’z ustida ishlash va o’z-o’zini ishontirishning pedagogik mahoratni shakllanishidagi ahamiyati to’g’risida qarashlaringizni bayon eting.
7- topshiriq. Muammoli vaziyatni yeching
O’qituvchilar o’rtasida bahs-munozara boshlandi. Ulardan biri, yosh, tajribasiz o’qituvchi tajribali o’qituvchiga taqlid qilishi, uning ish tizimidan nusxa olishi kerak desa, boshqalari esa, taqlid qilish shaxsiy takomillashuvga xalaqit beradi deb uqtirdilar, chunki, mahorat faqatgina shaxsiy tajriba orqali keladi. Kimning nuqtai nazariga qo’shilasiz va nima uchun? O’zingizni shaxsiy fikringizni taqdim eting.
2. SEMINAR MASHG`ULOTLARI
1-mavzu:
Do'stlaringiz bilan baham: |