O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazoratr topshiriqlari
4. Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Jom shahrida tug`iladi, yoshligida ularning oilasi Hirotga ko`chib o`tadi. Maktab, keiyn Nizomiya madrasasida o`qiydi. Keyin Samarqandda uz ilmini oshiradi. Jomiy 1469 yili Hirotda Navoiy bilan uchrashadi, do`stlashadi. 1472 yili Хajga boradi mashhur olimu mutafakkirlar bilan muloqotda buladi. 2 yillik safardan so`ng Hirotga qaytadi.
Jomiy 3 ta lirik devoni, 7 ta dostondan iborat "Хaft avrang", ta’lim - tarbiyaga oid "Bahoriston" asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan. Тa’limiy axloqiy qarashlari "Bahoriston" va "Хaft avrang"ga kirgan "Тuxfat ul - axror", "Silsiltul zaxob" (Oltin tizmalar) asarlarida ifodalangan. Jomiy inson kamolotining birinchi mezonini bilimlilika deb biladi. Kasb - hunarli bo`lishni ham kamolot mezoni deb biladi. U tarbiyaning roliga ham katta baho beradi. U insonda yaxshilik, saxiylik, shirinso`zlik, kamtarlik, sabr - qanoat, rostlik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. Adib inson xirs va ta’madan uzoq bo`lishini istaydi. "It va gado" hikoyatida bu aks etadi. (It berganingga qanoat qiladi, gado esa qancha narsasi bo`lsa ham yana talab qilaveradi) haqidagi qarashlarini bayon etadilar. Nazoratr topshiriqlari 1. XIV-XVI asrda Movarounnaxrda nima sababdan fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topdi.? a). Amir Temur davlatining barpo etilishi. b) Arab davlatining xukmronligi. v). Mo’g’il istilochilarining xukmronligi. 2. Qaysi shaharlardagi Oliy maktab-madrasalar fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo’ldi.? a). Toshkent, Samarkand, Buxoro. b).Buxoro, Samarkand, G’ijduvon. v) Qo’qon,Samarkand, Buxoro. 3. 14-16 asrlarda Movarounnaxrda ta’lim tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyotining mohiyatini izohlang, tahlil qiling, hozirgi davr ta’lim –tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyotining mohiyati bilan taqqoslab ko’ring. 4. Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalarini va fan tarakqiyoti, ta’lim-tarbiyaga qo’shgan hissalarini ahamiyatini hozirgi davrdagi pedagogik g’oyalar, fan taraqqiyotiga taqqoslab ko’ring. (baholash). 5.Milliy umuminsoniy tarbiyada Bobur asarlarining o’ziga xosligini, hamda uzviy bog’liqligini taqqoslab ko’ring. 6."Temur tuzuklari"ni o`rganish, tahlil qilish. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling