O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI VA “MAHBUB- UL- QULUB” VA “HAYRATUL ABROR” ASARLARINING PEDAGOGIK TAHLILI
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari.
- 2. «Mahbub ul- qulub» asaridagi ta’limiy- axloqiy g`oyalar
ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI VA “MAHBUB- UL- QULUB” VA “HAYRATUL ABROR” ASARLARINING PEDAGOGIK TAHLILI.
Reja. Alisher Navoiyning ijodi va faoliyati, u tomonidan yaratilgan asarlar Uning ma’rifatparvarlik faoliyati Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub” va “Hayratul abror” asarlaridagi ta`limiy-tarbiyaviy qarashlarni atroflicha o`rganish. “Mahbubul-qulub” asaridan hozrgi kun ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid g’oyalarni ilgari surishga o’rganish. MAShG`ULOTNING BORIShI. 1. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441 - 1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik, tasviriy san’at, me’morchilik rivojlantirish bilan birga ta’lim - tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o`zining "Hamsa", "Mahbub ul qulub", «Hayratul abror» kabi ta’limiy axloqiy asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vakfiya", "Majolisun nafois", "Muhokamat ul-lug`atayn" asarlarida, Jomiydan tarjima "Qirq hadis" kabilarda tarbiyaga oida qarashlarini ifoda etadi. Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini o`z manfaatidan ustun qo`yadi: Yuz jafo qilsa menga bir katla faryod aylamam, Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram. yoki Odami ersang demagil odami Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami. Тalabalar inson kamolotida ilmning o`rnini, ilm olish insoniy burch ekanligi, bilimda barcha fanlarni o`rganishni Alisher Navoiy targ`ib etaganligi haqida ham to`xtalib o`tadilar. 2. «Mahbub ul- qulub» asaridagi ta’limiy- axloqiy g`oyalar Shoirning "Mahbubul qulub" asarlari axloqiy - didaktik asarlardan hisoblanadi. 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan “Mahbub ul-qulub” asari uning so’nggi asari bo’lib qoldi. “Mahbub ul-qulub” – qalblarning mahbubi, ko’ngillarning sevgani degani. Bu asar dunyoning achchiq-chuchugini ko’rgan, goho “komronlig’”(baxtiyorlik) goho “notavonlik” (baxtsizlik) topgan buyuk shoir va mutafakkirning 60 yillik hayotiga yakun bo’ldi. Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida insonparvarlik, xalqparvarlik g`oyasi yotadi. Asarni yozishdan ko’zlagan asosiy maqsadini asar muqaddimasida quyidagi tarzda ochib bergan: «Har ko'cha-ko'yda yuguribman va olam ahlidin har xil kishilarga o’zimni yetkazibman, yaxshi va yomonning fe'1-atvorini bilibman, yomon-yaxshi xislatlarini tajriba qilibman. Navoiyning o'zi ta'kidlaganidek, asarning birinchi qismida turli toifaga mansub odamlarning fe'1-atvorlari; ikkinchi qismida yaxshi xislatlar va yomon fe'llar, ularning o’ziga xos jihatlari; uchinchi qismida esa, yaxshi fe'1 va xislatlar, insonda ularni shakllantirishga oid qarashlar bayon etiladi. Asar uch qismdan iborat bo`lib, birinchi qism jamiyatning turli tabaqalari to`g`risida, ikkinchi qism yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to`g`risida, uchinchi qism tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo`lgan hikmatli so`zlar va maqollar berilgan. 1- qismda feodal jamiyatidagi turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatda tutgan o`rni va vazifasi haqida so`z yuritiladi. Dehqonlar va ularning mehnati ulug`lanadi. 2- qismda odob va axloqqa oid masalalar yoritiladi. Odobli insonlar ulug`lanishi, xurmatli bo`lishi ko`rsatiladi. 3- qismda saxiylik, oliyjanoblik, muruvvat, karam, vafo, xilm(muloyimlik) kabi insoniy xislatlar tahlil etiladi. Qator maqollar keltiriladi: «Тilga ixtiyorsiz- elga e’tiborsiz», «Bilmaganni so`rab o`rgangan olim, orlanib so`ramagan o`ziga zolim», «Oz-oz o`rganib dono bulur, qatra-qatra yig`ilib daryo bulur» Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling