O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o’tkazilganidan so’ng xalq ta’limi va pedagogik fikrlar (1924-1941)


Download 2.48 Mb.
bet356/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o’tkazilganidan so’ng xalq ta’limi va pedagogik fikrlar (1924-1941)
1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa qartasi qaytadan tuzildi.
Sobiq Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi.
To’ntarishning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakatda bir tomonlama madaniy inqilobning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat berildi, maktablarda o’quv-tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o’zgardi. Din va «Qur’oni Karim»ga e’tibor umuman taqiqlandi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa ko’proq rus yozuchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi.
SHo’rolar tuzumi davrida kommunistik firqa qarorlari asosida pedagogika fanini shakllantirishda rus pedagoglari asarlaridan unumli foydalanib asarlar yozishga zo’r berildi. Aksariyat hollarda esa rus pedagog olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o’zbek pedagogikasi markscha-lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi. Bu davrda nafaqat pedagogika, balki boshqa fanlarning ham rivojlanishi sust kechdi. Bolalar va o’smirlarga umumiy ta’lim berishni tezlashtirish hamda kattalar o’rtasida savodsizlikni tugatish harakati boshlandi. 1930 yil 14 avgustda sobiq SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang’ich ta’limni joriy etish va savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi.
30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi. Sobiq SSSR MK va XKKning 1929 yil 7 avgust qaroriga asosan arab alifbesi o’rniga lotin alifbosi qabul qilindi. Arab yozuvining lotinlashtirilishi dinga qarshi tashviqotning bir shakli edi. Bu islohotning oqibatida SHarq xalqlari tarixi va madaniyatini o’zida mujassam qilgan minglab arab yozuvidagi qimmatbaho manbalardan O’zbekiston xalqlarini mahrum qildilar. O’sha davrning taniqli tilshunos olimi G’ozi Olim YUnusov va ilg’or pedagoglar bu islohotni madaniy bilimsizlik deb baholadilar.
1940 yilning may oyida O’zbekistonda «O’zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitidan rus grafikasi asosidagi yangi o’zbek alfavitiga ko’chirish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi.
Mazkur siyosatlar tufayli o’zbek xalqi o’z tarixi, milliy urf-odatu an’ana, umuminsoniy qadriyatlarini bilish va o’rganish imkoniyatlaridan mahrum bo’ldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun jon fido qilgan, erkin, hur fikrli alloma ma’rifatparvarlar — Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Elbek, Otajon Hoshimov, SHokir Sulaymon, CHo’lpon, Abdulla Qodiriy qatl etildi. Usmon Nosir, Botu va boshqalar Sibirga surgun qilindi.
YUqorida aytilgan fikrlardan xulosa shuki, go’yo to’ntarish Turkiston o’lkasida ma’rifatning, ijtimoiy tuzumning, ishlab chiqarishning sezilarli darajada rivojlanishida muhim rol o’ynagan.
Bu albatta, shu bugungi o’zbek maktabini, uning ta’lim-tarbiyasini sharqona uslubda, jahon redagogikasining ilg’or tamoyillari asosida qayta qurishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling