O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


SIDDIQ RAJABOV (1910—1993)


Download 2.48 Mb.
bet358/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

SIDDIQ RAJABOV (1910—1993). Siddiq Rajabov Respublikamizda xalq maorifining rivojlanishiga pedagogika ilmining taraqqiyotiga, ixtisosli pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga katta hissa qo’shgan, dastlabki pedagogika fanlari nomzodi, dastlabki pedagogika fanlari doktori, professor va dastlabki akademikdir.
Siddiq Rajabov 1910 yil 1 aprelda Qozog’istonning Avliyo-ota (hozirgi Jambul) shahrida kambag’al-kosib oilasida tug’ildi. Uning otasi Rajab aka yamoqchilik bilan kun ko’rar, lekin shunday bo’lsa ham oilaning bosh farzandi Siddiqning o’qib, ilm olishini orzu qilar edi. Rajab aka o’g’lini yangi maktabga o’qishga berdi. Lekin ko’p o’tmay ota vafot etdi. Ota vasiyati va ilmga bo’lgan ishtiyoq unga to’g’ri yo’lni ko’rsatib berdi.
U 1934—37 yillarda aspiranturada tahsil ko’rdi va pedagogika fanining eng muhim muammolari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Uni respublikamiz xalq maorifining taraqqiyoti va bu taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari, xalq maorifining rivojlanish istiqbollari, yoshlar tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan masalalar qiziqtirar edi.
S.Rajabov 1947 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasiga mudir qilib tayinlangandan keyin uning o’z ilimiy pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat yaratildi. U o’z atrofiga pedagogika ilmi muxlislarini to’plab, yirik pedagogik muammolarni hal qilish va o’rganishga boshchilik qila boshladi, respublikamizda pedagogika fanini yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarishda jonbozlik qildi.
Olimning 1958 yilgacha bo’lgan davrdagi ijodiy faoliyati yanada salmoqli bo’ldi. Bu yillarda uning «Pedagogikani o’qitishni hozirgi zamon fani talabi darajasiga ko’taraylik», «O’qituvchilar kasbi haqida», «O’zbekistonda 25 yil ichida maktablarning taraqqiyotiga doir», «Pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida», «O’zbekiston maktablarining 30 yil ichidagi tarixidan», «O’zbekistonda umumiy ta’lim ” kitoblarini yozdi.
1961 yilda Siddiq Rajabov O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutiga direktor qilib tayinlandi. Olim mazkur institutga olti yil rahbarlik qildi. Institutni yuqori malakali mutaxassis xodimlar bilan ta’minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini hayotga—maktab amaliyotiga yaqinlashtirishga boshchilik qildi hamda tadqiqot natijalarini o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bo’yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.
Ta’kidlash joizki, S.R.Rajabov faqat rahbarlik faoliyati bilan cheklanib qolmadi, aksincha, 1958—1966 yillarda 50 dan ortiq ilmiy va o’quv-metodik ishlar muallifi bo’ldi. CHunonchi, “L.N.Tolstoyning pedagogik faoliyati haqida”, “Pedagogika fanining yangi vazifalari”, “Pedagogika nazariyasi va tarixiga oid ilmiy-ommabop maqolalar to’plami”, “Darsda o’quvchilar aktivligini oshirish yo’llari”, “Tadqiqotchilarning kuchini birlashtiraylik”, “Ta’lim berib tarbiyalaylik, tarbiyalab ta’lim beraylik”, “Eng sharafli burchimiz”, “Maktab haqida g’amxo’rlik — umumxalq ishi”, “O’zbekistonda xalq maorifi”, “Pedagogika fanining ravnaqi uchun” kabi ishlari, shuningdek, 1962, 1966 yillarda nashr qilingan “Pedagogika” darsliklariga hammuallif bo’ldi.
1964 yilda S.Rajabovning ilmiy pedagogik faoliyatiga yuksak baho berilib, unga “Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi” unvoni berildi.
S.Rajabov 1966—1990 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti “Umumiy pedagogika” kafedrasining katta jamoasiga boshchilik qildi. U kafedra a’zolarining har biriga murabbiy, ustoz edi. Bugina emas, olim o’qituvchi mutaxassislar tayyorlash sohasida fidokorona mehnat qilayotgan hamkasblari — institutning yetuk olimlari bilan bir qatorda o’rta va oliy ta’limga aloqador juda ko’p muammolarni hal qilishda faoliyat ko’rsatdi.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling