O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


KONSTANTIN DMITRIYEVICH USHINSKIYNING PEDAGOGIK TIZIMI


Download 2.48 Mb.
bet366/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

KONSTANTIN DMITRIYEVICH USHINSKIYNING PEDAGOGIK TIZIMI.

Reja
  1. XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji


  2. K.D.Ushinskiyning hayoti, faoliyati, darsliklari va “Tarbiyada xalqchillik g`oyasi”


  3. K.D.Ushinskiy aqliy, qxloqiy tarbiya va uning vositalari haqida.


  4. K.D.Ushinskiyning didaktik ta’limoti va uning ahamiyati


  5. K.D.Ushinskiyning pedagogika, maktab va maorif taraqqiyotidagi o`rnini izohlab bering


MASHG`ULOTNING BORISHI



1. XIX asrning 2-yarmida G’arbiy yevropa davlatlarida monopolistik kapitalizm o’sib bordi va XX asrning boshlarida moliya kapitalining hukmronligi o’rnatildi. Butun dunyo kapitalistik davlatlar tomonidan taqsimlanib olingan edi. Ammo maktab va maorif taraqqiy etib bordi.
XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida ko’plab pedagogik nazariyalar paydo bo’ldi. Bulardan biri “yangi maktablar” degan pedagogik oqim edi. Jenevada yangi maktablarning xalqaro birlashmasi tuzildi va Angliya, Fransiya, Belgiya, SHveysariya, AQSH kabi davlatlarda ochilgan o’u tipdagi maktabga qo’yilgan umumiy talablarni ta’riflab berdi. Ularda o’qish uchun to’lov yuqori edi. Bu maktablarda ta’lim-tarbiyaning yangi, erkin va faol metodlari qo’llanildi. Ularning afzalliklari: o’g’il va qiz bolalar birga o’qirdi, mashg’ulotlarni yuksak malakali o’qituvchilar olib borgan, kabinet va laboratoriyalar tashkil etilgan, jismoniy va estetik tarbiyaga katta e’tibor berilgan.
Nemis nazariyotchilaridan Georg Kershenshteyner (1854-1932) “Grajdanlik tarbiyasi va mexnat maktabi” g’oyasi bilan maydonga chiqdi. YAna bir nemis pedagogik Vilgelm Avgust Lay (1862-1926) “Ish-harakat pedagogikasi” nazariyasini ilgari surdi. Lay pedagogik jarayonda ifodaga , tasvirga katta ahamiyat berdi. Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar yasash, narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizatsiya, ashula, raqs, hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o’tkazish, ohzaki va yozma ishlar va shu kabilar “ifodalash” vositalaridir. U o’qitish jarayonini “kuzatish-ashyoviy qism” va “tasviriy-shakliy” qism deb ikki qismga bo’ladi. U pedagogikani biologiyalashtiradi.
XIX asrning oxiridan boshlab Germaniya, Angliya va AQSHda eksperimental pedagogika deb atalgan oqim keng yoyildi. Bu pedagogika bolani eksperiment asosida o’rganishning yangi metodlarini topishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi.
Bu pedagogika bolalarning aqliy iste’dodini tadqiq qilish uchun “testlar metodi” deb atalgan metoddan keng foydalandilar.
Nemis eksperimental pedagogikasining ko’zga ko’ringan namoyondasi bo’lgan Ernst Meyman(1862-1915) “Eksperimental pedagogikasiga kirish” degan darslik yozdi.



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling