O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
Yaponiyada 1872 yili ta’lim haqida qonun qabul qilinib, yangi yo`nalishdagi o`quv yurtlari tashkil etila boshlaydi. 1908 yilga kelib boshlang`ich ta’lim 6 yillikka aylantiriladi. O`quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo`ldi. 1947 yil «Тa’lim haqida qonun» qabul qilindi. Yaponiya ta’limi tizimi quyidagicha: - bolalar bog`chalari, - boshlang`ich maktab, - kichik o`rta maktab, - yuqori o`rta maktab, - oliy ta’lim tizimiga kiruvchi o`quv yurtlari.
Bolalar bog`chalariga 3-5 yoshlilar qabul qilinadi. Ularning 59,9 % xususiy, 49,8 %i tuman kengashlari tasarrufida 0,3 %i davlatnikidir. Majburiy ta’limga 6-15 yoshlilar jalb etiladi. 6 yillik boshlang`ich va 3 yillik kichik o`rta maktabda o`qiydilar. 9 yillik bu ta’lim majburiydir. O`qish va darsliklar tekin. Хoxlovchilarga xususiy maktablar ham bor. Yuqori bosqich o`rta maktabning kunduzgi, kechki, sirtqi bo`limlari bor. 95% bola kunduzi ta’lim oladi. O`qish ixtiyoriy. 3 yillik. Oliy ta’lim tizimiga kollejlar universitetlar kiradi. Bulardan tashqari turli «ixtisos maktablar» ham bor. Yaponiya maktablarida o`qish 1 apreldan boshlanib, keyingi yil 31 martida nihoyasiga yetadi. O`quv yili 240 kun, darslar 7 soat. O`qituvchilar 4 yillik dorilfunun va 2 yillik kollejlarda tayyorlanadi. Yaponiyada ota-onalar bolalari tarbiyasiga katta e’tibor berishadi. Bolalarning axloqiy tarbiyasi doimo e’tiborda bo`ladi. Yaponiyada 460 ta universitet bo`lib, ularda 1 mln 43 ming talaba tahsil oladi. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar Rivojlangan xorijiy davlatlardagi tahlim — tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo`nalishlarini sharxlab bering ? AQShda ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan? Yaponiya ta’lim tizimiga munosabatingizni bayon eting. Yaponiyada o`qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini izoxlang ? Janubiy Koreyada ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan? Fransiyadagi ta’lim tizimini so’zlab bering. Germaniya ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan? Amerika Qo`shma Shtatlari va Yaponiya davlatlarning ta’lim tizimidagi sizga ma’qul jihatlar nima? ADABIYOTLAR Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини бир галикда барпо этамиз. Тошкент - «Ўзбекистон» - 2016 й, 56 б Мирзиёев Ш.M. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. –T., “Ўзбекистон”, 2017й, 106 б Sh.Abdullayeva, D.Axatova, B.Sobirov, S.Sayitov. Pedagogika. Ekspress-ma’lumotnoma.T., “Fan”,2005 yil Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.84-85b. Аббасова М. Туркия таълим тизими. Т., 1994 й, Аббасова М. Франция таълим тизими. Т., 1994 й. Buyuklikning mеzоnlаri. АQShdа хuquqiy tа`lim tizimi (хоrijdа tа`lim). Insоn vа qоnun. 2001y. 14 аvgust. Йўлдошев Ж.Ғ. Хорижда таълим. Т.,”Шарқ”, 1995 й.134 б Jаhоn mаmlаkаtlаri tаriхi.T., “O’qituvсhi”, 1994 y Таълимда илғор хорижий тажрибалар” модули бўйича ўқув –услубий мажмуа. Тузувчилар. М. Хошимова,. Д,Файзуллаева -Т., 2015 й,31 б K.Hoshimov, S.Nishonova «Pedagogika tarixi» Darslik-Т., Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti 2005 y. Хоrijiy dаvlаtlаr tа`lim tizimigа оid INTЕRNЕT mа`lumоtlаri. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling