3.4.1-o‘quv elementi. Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati.
Nazariy blok. Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Mimika. Pantomimika. O‘qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo‘llari. Nutq haqida tushuncha. Nutqning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni. Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, rit-mika. Leksik madaniyat. O‘qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo‘llari.
Muammoli blok. Pedagogik texnikani shakllantirishning samarali usullarini tahlil etish.
Mustaqil ta’lim bloki. Pedagogik mahorat” kitobining “Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish uslublari” hamda “Yuristning nutq madaniyati” kitobining “Nutq madaniyati va huquq” bo‘limlarini konspektlashtirish.
3.4.2-o‘quv elementi. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish. O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash. Pedagogika tajribani to‘plash tizimi.
Nazariy blok. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mohiyati. O‘qituvchining kun tartibi va ish o‘rni. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari. O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti sifatida. Ilg’or pedagogik tajribani o‘rganishda materiallar to‘plash. Ilg’or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni qo‘llash metodlari.
Muammoli blok. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning samarali usullarini tahlil etish.
Mustaqil ta’lim bloki. “Pedagogik mahorat asoslari” kitobining “O‘qituvchilarning pedagogik malakasini shakllantirish va rivojlantirish” bo‘limini konspekt qilish.
“Umumiy pedagogika” fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining kalendar tematik rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |