O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Mustаqil ishlаsh uchun tоpshiriqlаr


Download 2.48 Mb.
bet7/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Mustаqil ishlаsh uchun tоpshiriqlаr:
  • O’zbеkistоn Rеspublikаsining «Tа’lim to’g’risidа»gi qоnuni (1997) ning vаzifаlаri to’g’risidа mini-dеbаt uyushtirishgа hаrаkаt qiling; bundа «Tа’limdа umuminsоniy vа milliy-mаdаniy qаdriyatlаrning ustuvоrligi», «Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаri dоirаsidа bаrchаning tа’lim оlishi uchun imkоniyat yarаtilgаnligi» hаqidаgi tushunchаlаrni dаlillаr аsоsidа isbоtlаshgа hаrаkаt qiling.


  • «Mеning idеаl o’qituvchim» mаvzusidа rеfеrаt tаyyorlаng.


  • «O’qituvchi bo’lgаnimdа edi... tа’lim jаrаyonining qаysi jihаtlаrigа аlоhidа e’tibоr bеrаr edim?» Ushbu fаrаziyagа o’z fikringizni bildiring.





Ma’ruza:

2-mavzu: PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO‘G‘RISIDAGI FAN. ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI.

Reja:
1. Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari
2. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning ustuvor jihatlari.
3. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va bog’liqligi. Pedagogik fanlar tizimi.
4. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari.
Tayanch so`z va iboralar:
Pedagogika, pedagogikaning maqsad va vazifalari, pedagogikaning asosiy kategoriyalari,
pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va bog’liqligi, pedagogik fanlar tizimi, pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari, suhbat, kuzatish, test, so’rovnomalar, eksperiment - tajriba-sinov, statistika ma’lumotlarini tahlil qilish.
Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari. Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko’rstilishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi.
Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg’onish davri)da yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namayondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro’pa davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotssi, Adolf Disterveg, K.D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, J. Lokk, Jon. Dyui, Edvard Torndayk, S. T. Shatskiy, B. Blumlar ulkan hissa qo’shdilar.
Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.
1.3. chizma
Ko’p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o’rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash va o’qitish, ularga ma’lumot berish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan, deb belgilash odatga aylandi.
Pedagogikaning ob’ekti asosan o’quvchilar hisoblansa, predmeti esa, o’quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti hisoblanadi.



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling