KIRISH
Ushbu bitiruv
malaka ishining maqsadi “Tashishlarni tashkil etish va
transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)” yo‘nalishida
“Qo’lda yoyli
payvandlash ishlari fanining” fanining “Payvand yoyining ta’minlovchi
manbaalari” mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan dars ishlanmasini yoritishdan
iborat.
Bitiruv malaka ishining vazifasi mavzuni o‘quvchilarga
qiziqarli
tushuntirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining rolini
ko‘rsatish, mavzuga oid adabiyotlar va internet materiallaridan unumli foydalanish,
o‘quvchilarning bilim, tasavvur va ko‘nikmalari
asosida mustaqil ishlash
samaradorligini takomillashtirishga asosiy e'tibor qaratishni ta'kidlashdan iboratdir.
Bitiruv ishida
“Payvand yoyining ta’minlovchi manbaalari mavzusiga oid
Payvandlash
transformatorlari, payvandlash to’g’rilagichlari,o’zgartirgich va
agregatlari va boshqa shularga o‘xshash muhim vazifalarni nazariy asoslari qamrab
olingan.
Mavzuni o‘qitish jarayonida ta'limning zamonaviy metodlari,
pedagogik
texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda
tutilgan.
Jumladan, zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimot va
elektron-didaktik
texnologiyalardan
hamda
ekspress-so‘rovlar,
tezkor-test
topshiriqlari, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Keys-stadi”, “Davra
suhbati”, “BBB”, “Blits o‘yini”, “Venn diagrammasi” va boshqa interaktiv ta'lim
usullaridan keng qo‘llaniladi.