O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol shaxsni shakllantirish
Download 0.57 Mb.
|
Kurs ishi Dilfuza
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol shaxsni shakllantirishmuammosiga yangicha yondashuvO‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ta’limni isloh qilish, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analari,urf-odatlari hamda umubashariy qadriyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berildi. Bu jihatdan ta’lim-tarbiyaning yangi davrga va zamonga mos va xos shakl va vositalari ishlab chiqildi, amaliyotga joriy etildi. Ayniqsa, davlat va jamiyat,uzluksiz ta’lim ,fan va ishlab chiqarish kabilarning birligi,o‘zaro hamkorligi natijasida qishloq yoshlarining ma’naviyatni shakllantirishga alohida e’tibor berildi. Bu borada qishloqdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarining ijtimoiy yetukligini shakllantirish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash , o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni voyaga yetkazish masalasi asosiy o‘rinni egalladi. Davlat siyosatida ustivor yo‘nalishlaridan biri bu qishloq maktablari bitiruvchilarining ijtimoiy yetukligini yuksaltirishga, ikkinchidan ta’limning yangi modelini, uning mazmunini takomillashtirishga, uchinchidan ,jamiyatda mustaqil fikrlovchi yetuk fuqaroni shakllantirishning nazariy va amaliy yo‘nalishlari muhim o‘rin tutadi. Har qanday muammoning kelib chiqish sabablari oldindan batafsil o‘rganilsa, uning yechimi oson bo‘ladi. Ko‘pincha bizlar muammo vujudga kelganidan so‘nggina faoliyatimizni kuchaytiramiz. Bu o‘z-o‘zidan teskari samara beradi. Maqsadimiz yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash ekan, bunda bola tug‘ilgan kundan to u haqiqiy hayotga kirguncha uning shakllanishi doimiy jamoatchilik nazoratida bo‘lishini ta’minlashimiz kerak. Kattalarning shaxsiy namunasi esa bunda muhim rol o‘ynaydi. Biz o‘z tarixi bilan faxrlanadigan insonlarni tarbiyalashimiz va shakllantirishimiz, bunda milliy g‘urur va milliy qadriyatlarimizga tayanishimiz va undan unumli foydalanishimiz zarur. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev nutqlarida yoshlarimizga mustaqillik qanchalar buyuk ne’mat ekanligini tushuntirishni tinmay davom ettirishlikni va har bir fuqaroni mamlakat kelajagi uchun javobgarlikni anglashiga yordam berishlikni, ayniqsa, olimlar, ziyolilar va siyosatshunoslar oldida bu sohada amalga oshirilishi kerak bo‘ladigan amaliy ishlarning mexanizmlari va texnologiyalarini ishlab chiqish zarurligi aniq ko‘rsatib berilgan. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling