O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
Download 0.81 Mb.
|
Ўзб. янги тарихи-2022 УМК СИРТҚИ
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGITOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIOLMALIQ FILIALI
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI ISHCHI O‘QUV DASTURI Bakalavriat yo’nalishlarining sirtqi b’olim uchun Bilim sohasi: 700 000 -Ishlab chiqarish texnik soha Ta’lim sohalari: 710 000 -Muhandislik ishi Ta’lim yo‘nalishi: 60712100 – «Metallurgiya» 60721500– «Konchilik ishi» 60721900 – «Konchilik elektr mexanikasi» 60720800 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 60720700 – Texnologik mashinalar va jihozlar 60710100 – Kimyoviy texnologiya 60710700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari
Olmaliq – 2022 y. Ishchi o‘quv dastur Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining Ilmiy kengashida (2021 yil «___» avgustdagi ____-sonli bayonnoma) muhokama qilingan va tasdiqlangan fan dasturi asosida tuzilgan
Ishchi o‘quv dastur Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi majlisida (2022 yil ___ ____ ____-sonli bayonnoma) muhokama etildi va fakultet Kengashiga ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun tavsiya etildi. Kafedra mudiri _______________ Maxmudov B.X. Kotib(a) _______________ Akberdiyeva N.Sh Ishchi o‘quv dastur Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Energetika va Mashinasozlik fakulteti Kengashida (2022 yil ___ ____ ____-sonli bayonnoma) muhokama etildi va filial O’quv-uslubiy Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etildi. Fakultet kengashi raisi _____________ Jurayev V.N. Kotiba: ______________ Xoshimxonova M.A. Ishchi o‘quv dastur Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali O’quv-uslubiy Kengashida ko’rib chiqildi (2022 yil ___ ____ ____-sonli bayonnoma) va tasdiqlandi. O’quv-uslubiy Kengash raisi _________________ Abdiyev O.X. O’quv-uslubiy Kengash kotibasi _______ Abdug’aniyeva Yu.Sh.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Ma’ruza mashg’ulotlari: 1-modul. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. (2 soat) 1-Mavzu. Kirish.“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. (2 soat) O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga etkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o’qitishdagi nazariy-kontseptual yondashuv va ilg’or innovatsiyalar. XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. “Paxta ishi” “O’zbek ishi” nomli kampaniyalar. Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi. Farg’ona voqealari. 1989 yil o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o’sib borishi. I.Karimov – O’zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqealari. GKChP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi. 2-modul. O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar (2 soat) 2-Mavzu . O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. (2 soat) Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi printsipi. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O’zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar. O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. O’z-o’zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni. O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling