O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus taъlim vazirligi


Mavzu 6: Bank buxgalteriya xodimlarini malaka talablari


Download 196.4 Kb.
bet7/12
Sana25.04.2023
Hajmi196.4 Kb.
#1399476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
аслиддин

Mavzu 6: Bank buxgalteriya xodimlarini malaka talablari
Banklarda hisob–operatsion apparati ularning bajaradigan operatsiyalari va ularga yuklatilgan ishlarning hajmidan kelib chiqib tashkil etiladi.
Bankning hisob–operatsion apparati pul–to‘lov hujjatlarini qabul qilish, nazoratdan o‘tkazish, rasmiylashtirish va bankning buxgalteriya hisobini aks ettirish bilan band bo‘lgan bankning mas’ul xodimlaridan tashkil topadi. Banklarning xizmat ko‘rsatish darajasi va ish hajmiga qarab hisob– operatsion apparati quyidagi mutaxassis xodimlardan shakllantiriladi: - bosh buxgalter; - mas’ul ijrochilar (bevosita mijozlar bilan ishlaydi); - nazoratchi buxgalterlar; - operatsiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar; - operatorlar. Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi.
Bankning bosh buxgalteri mas’ul ijrochilarga vazifalarni taqsimlaganda mijozlar va ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olishi lozim. Xususan, hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari o‘rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, bunda bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidan yuritilishi kerak, chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlar bundan mustasno. Hisobvaraqlarni buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladi hamda maxsus daftarda qayd etib boriladi.
Banklarda hisob–operatsion appparati tarkibini tashkil etish, ularning bank qonunchiligi doirasida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq mas’uliyat bank boshqaruvchisi zimmasiga yuklatiladi.
Banklarda bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod shaxslarga nisbatan malaka talablari Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga (ro‘yxat raqami 2989, 2018 yil 30 mart) muvofiq belgilanadi. Bosh buxgalter o‘z ish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga va buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga asoslanib ish yuritadi.
Bosh buxgalter quyidagilarni bilishi shart:
a) buxgalteriya hisobi qonunchiligini;
b) fuqarolik huquqi, bank, moliya, soliq va xo‘jalik qonunchiligining buxgalteriya hisobini yuritishga tegishli qismini;
v) bank tuzilishi, strategiyasi va uning rivojlanish istiqbollarini;
g) bankning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga, buxgalteriya hisobini tashkil etishga va moliyaviy hisobotlarni tuzishga tegishli normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlarni;
d) soliq, statistika, boshqaruv va moliyaviy hisoblarni;
e) operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisob uchastkalarida hujjatlar aylanishini tashkillashtirish tartibi, pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari, shuningdek boshqa tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash (chiqim qilish) tartibini; yo) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa tovar-moddiy zaxiralarni kirim qilish va hisobdan chiqarish tartibini, shuningdek, debitor va kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash, mulkni baholash va qayta baholash tartibini; j) debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini;
z) yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish shartlarini;
i) mulk va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish tartibini;
y) buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini;
k) bank moliya-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlilini, bank ichki zaxiralarini aniqlashni;
l) tekshiruvlarni o‘tkazish va hujjatli taftish qilish tartibini;
m) buxgalteriya hisobi bo‘yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya hisobi va moliyani boshqarish sohasida zamonaviy ma’lumotlar va axborot tizimini;
n) buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini;
o) mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me’yorlarini;
p) ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini;
r) buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ilg‘or milliy va xorij tajribalarini.
Bosh buxgalter zimmasiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalar, shuningdek bank rahbari vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita cheklar va boshqa hujjatlar asosida bank uchun mablag‘ va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish taqiqlanadi. Bosh buxgalter vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda (xizmat safari, ta’til, kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning o‘rinbosariga, o‘rinbosar ham ishda bo‘lmagan taqdirda, bank rahbarining alohida buyrug‘i asosida boshqa mansabdor shaxsga yuklatiladi.

Download 196.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling