Kirish O’simliklarni hirnoya qilish usullari. Mashinalarga qo’yiladigan agrotexnik talablar


Download 78.81 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi78.81 Kb.
#1629747
  1   2   3
Bog'liq
`simliklarni himoya qilish va paxta terish mashinalari hamda ularni ishga tayyorlash tartibini o`rganish


Mavzu:O`simliklarni himoya qilish va paxta terish mashinalari hamda ularni ishga tayyorlash tartibini o`rganish

Reja:
Kirish


1. O’simliklarni hirnoya qilish usullari. Mashinalarga qo’yiladigan agrotexnik talablar.
2. O’simliklarni himoya qilish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlashi
3. Mashinalarni ishga sozlash.

Mundarija


Kirish 3
8
Xulosa 12
Adabiyotlar: 13


Kirish


1. Qishloq xo’jalik o’simliklarining kasalliklari, zarakunandalari va begona o’tlar, ekin hosildorligining pasayishiga asosiy sabab bo’ladi, o’simliklarni himoya qilishning quyidagi usullari mavjud.
Agrotexnikaviy usul - ilmiy asoslangan holda ekinlarni almashtirib ekish, tuproqga ishlov berish va o’g'itlarni ishlatish, ekish materiallarini tayyorlash va navlarni tanlashga asoslangan.
Biologik usul - zararkunandalarga, kasalliklarga va begona o’tlarga qarshi foydali xashoratlarni va bakterial moddalarni ishlatishga asoslangan.
Fizikaviy usul - chigitlarga, urug'larga, o’simliklarga past va yuqori harorat, yuqori chastotali toklar, ultra tovushlarni ishlatishga asoslangan.
Kimyoviy usul - zararkunandalarga, kasallaklarga, begona o’tlarga qarshi kimyoviy moddalarni ishlatishga asoslangan. Kimyoviy moddalarning umumiy nomi-pestisid. Begona o’tlarga qarshi gerbisid, xashoratlarga qarshi-insektisid, akarisid, kasalliklarga qarshi fungisid kimyoviy moddalari ishlatiladi. Kimyoviy usuli suyuq zaharli moddalarni 25…2000 l/ga miqdorda sepishga asoslangan. G’o’za va g’alla ekinlariga o’rtacha gektariga 200-300 l/ga miqdorda zaharli moddalar suvda eritilgan tuman tomchilari shaklida purkaladi. Aerazol generatorlar zaharli moddalarni termomexanik usulda ishlatishga asoslangan, bunda ishchi suyuqlik issiq havo oqimi bilan tuman tomchilari shakliga aylantiriladi.
Qishloq xo’jalik ekinlari zararkunadalariga, kasalliklariga va begona o’tlarga qarshi ximiyaviy moddalar suyuq, aerazol tomchilar va poroshok chang ko’rinishida sepiladi. Qishloq xo’jalik ekinlariga zarakunandalar, kasalliklari va begona o’tlarga qarshi ximiyaviy moddalarni sepish, dudlashda va sochishda ishlatiladigan mashinalari o’smiliklari himoya qilish mashinalari deb yuritiladi. Bu turdagi mashinalar o’z navbatida quyidiga guruhlarga bo’linadi: purkagichlar, changitgichlar, aerazol generator dudlagichlar va urug’ dorilagichlar. Yuqoridagi mashinalarga qo’yidagi agrotexnik talablar qo’yilgan.
ish suyuqliginiig sarfi me'yoridai ±10% dan ortiq o’zgarishiga yo’l qo 'yilmaydi;
* ximikatlarning taqsimlashini bir tekisda, yoppasiga bo’lish kerak. Ximikatlarning notekis taqsimlanishi qamrov kengligi bo 'yncha 15% dan oshib ketmasligi kerak;
suyuqlikmng bosim tarmogidagi ish bosimining o’zgarishi belgilangan miq,orrdan 15% gan ko’p yoki kam bo’lmasligi kerak;
rezervuarlaming suyuqlikdan to’la bo’shab qolishi va nasosning "salt" isblashmga yo’l qo 'yiimaydi;
suyuqlikning purkalishi bir xil, mayin va tomchilarsiz bo 'lishi kerak;
agregat belgilangan tezlikda ishlashi lozim. Haqiqiy harakat tezligining qiymati berilgan qiymatidan 10% ga oshmasligi kerak.
Ekinlarga ximiyaviy moddalar purkachda shamolning tezligi 5 m/s ko’p bo’lmasligi kerak. Lalmikor maydonlarda shamol yo’nalishiga kundalang yo’nalishda xarakatlanishi tavsiya etiladi. So’g’oriladigan g’alla ekinlari va texnik ekinlarga qator yo’nalishi bo’yicha xarakatlanish tavsiya etiladi.
Urug’larni dorilashda namlangan urug’lar normagacha quritilishi tavsiya etiladi.
Yuqoridagi turdagi mashina Dori tayyorlashda ishlaydigan ishchilar va mexanizatorlarniig himoya qilish vositalarisiz ishlashi qat’yan man etiladi.

Download 78.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling