Kirish O’simliklarni hirnoya qilish usullari. Mashinalarga qo’yiladigan agrotexnik talablar


O’simliklarni himoya qilish mashinalari quyidagi turlarga bo’linadi. Urug’ dorilagichlar


Download 78.81 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi78.81 Kb.
#1629747
1   2   3
Bog'liq
`simliklarni himoya qilish va paxta terish mashinalari hamda ularni ishga tayyorlash tartibini o`rganish

2. O’simliklarni himoya qilish mashinalari quyidagi turlarga bo’linadi.
Urug’ dorilagichlar – qishloq xo’jalik ekinlari urug’larini ekishdan oldin zaxarli ximikatlar bilan dorilaydi. (PS-10 , PSSh-5)
Purkagichlar – qishloq xujalik ekinlari zarakunandalari va kasalliklariga qarshi eritilgan ximiyaviy moddalarni, o’simliklarni bargdan oziqlantirish uchun suspenziyani va o’simliklarni bargni su’niy bargini to’ktirishda defoliantlarni sepish yoki purkashlarda ishlatiladi.(OVT-1A, OVX-28A, ON-400, OVX-14)
Aerazol generatorlar - urug’ saqlanadigan inshoatlarni va qishloq xo’jalik ekinlari zarakunadalariga qarshi kurashda eritilgan zaharli ximiyaviy moddalarni tuman dud shakliga o’zgartirib beradi. (AG-UD-2)
Changitgichlar – poroshoksimon zaharli ximiyaviy moddalarni ekinzorlarga changitib sochadi.(OShU-50A, ONU «Kometa», OVX-14)
Purkagichlarning konstruksiyasi bir necha xil bo’lsada ular quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi: ramaga yoki traktorga eritma uchun idish aralashtirgich bilan, ishchi suyuqlik haydovchi nasos, ishchi suyuqlikni so’rish va haydash tarmoqlari, saqlash klapani manometr bilan birga, idishni to’ldirish qurilmasi, purkash qurilmasi, ishchi organlarga harakat uzatish mexanizmlari o’rnatilgan bo’ladi.
Purkagichlarning asosiy ishchi organi purkash qurilmasi hisoblanadi. Purkash qurilmasi bosim ostida ishchi suyuqlikni mayda tomchilarga aylantirib purkaydi. Purkash qurilmasining quyidagi turlari bor: ventlyatorli purkash qurilmasida ximikatlar shamol yormamida purkaladi; shtangali purkash qurilmalarida ximikatlar purkash uchliklari yordamida agregat qarmash kengligining ma’lum bir qismiga sepiladi.
OVX-28 purkagichi MTZ-80X, MTZ-80X2, T-28X4M traktorlariga o’rnatilib ishlatiladi va qator oralari 60..90 sm qilib, shuningdek, sidirg’asiga ekilgan ekinlarni dorilay oladi. Quruq dori changitish uchun purkagichga OPX-28 changitish moslamasi o’rnatilgan.
Purkagichning idishlari o’zining nasosi yoki boshqa qurilmalar yordamida to’latilishi mumkin.
Agregat ishlaganda suyuqlik idishlardan so’rish shlanglari va suzgich orqali nasosga o’tadi hamda bosim shlanglari orqali mashina o’rnatilgan traktor kabinasida joylashgan rostlagichga haydaladi. Rostlagich maxovikchasini aylantirib, tizimda kerakli bosim hosil qilinadi, maxovikchani burish yo’li bilan esa suyuqlik ish organlariga uzatiladi. Nasos bilan haydalayotgan suyuqlikning bir qismi gidravlik aralashtirgich shlangi orqali idishlarga tushib, undagi suyuqlikni aralashtirib turishga imkon beradi va zaharli dorilar cho’kib qolishining oldini oladi.
Ikki rejimda ishlaydigan nasos reduktor bilan birga traktor transmissiyasi korpusining ketingi devoriga o’rnatiladi. U traktorning quvvat olish validan reduktorning birlamchi vali orqali harakatlantiladi. Birlamchi val nasosning ekssentrikli valiga vtulkaning shlisalari vositasida birlashtirilgan.
Nasos korpusiga surish va haydash klapanlari, zichlagichlar bilan jihozlangan silindrlar boltlar bilan mahkamlangan. Zichlagichlar shevron kesimli rezina manjetlar va tayanch bronza halkadan iborat. O’rta halqa namni tutib qoluvchi halka bo’lib, bu halqadan sizib o’tgan suyuqlik teshik orqali tashqariga chiqadi. Manjetlar prujina bilan sikib kuyilgan. Silindrlarning yukorigi flaneslariga havo qalpoqli haydash kollektori, pastki flaneslariga esa so’rish kollektori mahkamlangan. Moy nasosning karteriga truba orkali quyiladi. Bu trubaning qopqog’i dekompressor vazifasini ham bajaradi.
Reduktor ventilyatorni va nasosni harakatlantirish uchun xizmat qiladi.U korpus, qopqoq, ikkita shesternya, uchta val va ikkita muftadan iborat.
Yuqori bosimli markazdan qochma ventilyator suyuqlikni uzil-kesil parchalaydigan va o’simlikka yunaltiradigan havo oqimini hosil qiladi.
Ish organlarini harakatlantirish mexanizmi tuzitgichlarni harakatlantirish uchun mo’ljallangan.
Idishlar silindr shaklida bo’lib, hajmi 320 l.Ular traktorning ramasiga mahkamlangan kronshteynlarga o’rnatiladi.Ish tugagandan keyin idishlarda qolgan suyuqligi to’kish shlangi orqali maxsus ajratilgan joyga to’kiladi.
Mashinaning ramasiga ventilyator, ish organlarini harakatlantirish mexanizmi, yuritma zanjirli uzatmasining bosish roligi o’rnatiladi.
Dala to’zitgichi ventilyatorning chiqarish potrubogiga stakan vositasida birlashtirilgan havo trubasidan iborat.
Tuzitgichning suyuqlik o’tadigan qismi bo’kilgan trubadan iborat bo’lib, uning bir uchiga rezbali shtuser payvandlangan, boshqa uchiga esa to’zituvchi uchlik buralgan va qaytarish diski o’rnatilgan.Rezbali shtuserga taksimlagichning keltirish shlangi ulanadi va u tirsakning pastki qismdagi homutga mahkamlanadi.

Download 78.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling