Kirish O’simliklarni hirnoya qilish usullari. Mashinalarga qo’yiladigan agrotexnik talablar
Download 78.81 Kb.
|
`simliklarni himoya qilish va paxta terish mashinalari hamda ularni ishga tayyorlash tartibini o`rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- Adabiyotlar
Inspektisidlar yoki boshqa kimyoviy moddalarning havoda mayda zarrachalarga aylantirilishi ( ulardan suniy tuman hosil qilinishi ) aerozol deyiladi.Aerozol bilan dorilashda zarrachalarning diametri purkab dorilashda hosil bo’lgan zarrachalarning diametridan bir necha o’n marta kichik bo’ladi.Bu usul bilan dorilashda purkab dorilashga qaraganda ish unumlirok bo’ladi, dori tejab sarflanadi, uning daraxtlarga, o’simliklarning bargiga bir tekis sepilishi taminlanadi. Aerozol moslamasi qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari va kasalliklarini ichki organlarga tasir etadigan zaharli dorilar sepib yo’kotish va g’o’za bargini suniy to’ktirish uchun mo’ljallangan. Shuningdek O’zbekiston xo’jaliklarida keng ko’lamda AG-UD-2 aerozol generatorlari ham ishlatiladi.Bu generator quvvati 11 kVt bo’lgan , benzin bilan ishlaydigan dvigatel bilan jihozlangan. AG-UD-2 generatori quyidagicha ishlaydi. Dvigatel yordamida aylantiriladigan havo yo’naltirgich 18 atmosferadan havoni so’rib oladi va 0,2 Mpa bosim ostida benzinli o’t oldirgichga uzatadi. Havoning bir qismi yonish kamerasiga, o’t oldirgich konusga o’tib, purkagichdan oqayotgan benzinni mayda tomchi tarzida purkaydi. Purkalgan benzin shamchaning elektrodlari orasidagi uchqundan alangalanib, yonish kamerasida yonadi. Bunda xavoning harorati 1000° ga yetadi. Bu soplo ichida ish suyuqligi purkaladi, issiq gaz bilan aralashadi, qisman bug’lanadi va soplo orqali atmosferaga chiqadi. Soplodan chiqayotgan vaqtda bug’ gaz aralashmasi havo bilan reaksiyaga kirishib, oq tumanga aylanadi (aerozol hosil bo’ladi).Bakdan keluvchi dori miqdori jumrak va masofadan turib boshqarish tortqisi bilan rostlanadi. Dvigatelni yurgizib yuborishdan oldin o’t oldirish va pestisid jo’mragi yopiladi. So’ngra dvigatel valining aylanishi kamaytirilib sekin asta benzinli o’t oldirish jo’mragi ochiladi. Qarash oynasidan benzinning yonishi kuzatiladi, bunda soplo uchida oq tuman paydo bo’lishi kerak. Tuman paydo bo’lgach, dori jo’mragi ochiladi. Har qanday tipdagi changitgichlar quruq porshoksimon ximikatlarni ventlyator g’ilofiga bir tekis o’zatib changitadi. Ximikatlarning o’simlik organlariga yaxshi yopishini ta’minlash maqsadida changitish uchliklariga suv purkash moslamalari ham o’rnatilishi mumkin. Hozirda OShU-50A markadagi changitgichi kurashishda MTZ-80X, MTZ-82, T-28X4M, TTZ-80.10, TTZ-80.11 traktorlariga o’rnatilib ishlatiladi. Changitgichning ishchi organlari harakatni traktorning QOVidan kardanli uzatma yordamida oladi. 4. OVX -28 mashinasida uch xil o’lchamdagi uchlik bor. Bular bosim 3 atm. bo’lganda gektariga 50 dan 600 l gacha suyuqlik sarflanishini tabminlaydi. Mashinaning harakat tezligi va uning ishlash kengligi malum bo’lsa bir uchlikdan bir minutda sarflanadigan suyuq dorining miqdorini quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin: q = Q V B / 600 l/ga bu yerda: V- mashinaning harakatlanish tezligi, km/ soat Q - belgilangan suyuqlik sarfi, l/ga; B - mashinaning qamrash kengligi, m Gorizontal shtangali purkagichlarda bitta uchlikdan bir minutda sepilishi lozim bo’lgan ishchi suyuliq miqdori qo’yidagi formula yordamida aniqlanadi. q1 = q/n, l/m Bu yerda: q – purkagichning bir minutlik suyuqlik sarfi, l/m n – shtangali purkash moslamasidagi uchliklar soni, dona. Changitgichlarda zaharli ximikat sarfi kg/min va kg/ga o’lchov birliklarida hisoblanadi. Ximikat sarfi uzatish qismidagi tirqishni o’zgartirish hisobiga rostlanadi. Purkagichlarning belgilangan norma bo’yicha ishlashi ishchi magistraldagi bosimni o’zgartirish yordamida amalga oshiriladi. XulosaXulosa qib aytganda Dvigatelni yurgizib yuborishdan oldin o’t oldirish va pestisid jo’mragi yopiladi. So’ngra dvigatel valining aylanishi kamaytirilib sekin asta benzinli o’t oldirish jo’mragi ochiladi. Qarash oynasidan benzinning yonishi kuzatiladi, bunda soplo uchida oq tuman paydo bo’lishi kerak. Tuman paydo bo’lgach, dori jo’mragi ochiladi. Har qanday tipdagi changitgichlar quruq porshoksimon ximikatlarni ventlyator g’ilofiga bir tekis o’zatib changitadi. Ximikatlarning o’simlik organlariga yaxshi yopishini ta’minlash maqsadida changitish uchliklariga suv purkash moslamalari ham o’rnatilishi mumkin. Hozirda OShU-50A markadagi changitgichi kurashishda MTZ-80X, MTZ-82, T-28X4M, TTZ-80.10, TTZ-80.11 traktorlariga o’rnatilib ishlatiladi. Changitgichning ishchi organlari harakatni traktorning QOVidan kardanli uzatma yordamida oladi. Adabiyotlar:1.Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo’jaligi mashinalari. Toshkent, O’qituvchi 2002Y. 2.A.I. Komilov, Q.A. Sharipov, N.T. Umirov, I.M.Marupov, R.T. Rustamov Traktor va avtomobillar. Toshkent «Talkin» -2003.(lotin alifbosida) 3.F.B.Yevdokimov Umumiy elektrotexnika T.O’qituvchi.1995. 4.N.I.Vershagin i dr. Organizasiya i texnologaya mexanizirovannыx rabot v rastenivodstve, Ucheb, posb № IRPO; Izd.sentr «Akademiya», 2000 5.E.Oyxo’jayev, X.Qo’shnazarov «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini mexanizasiyalash» Toshkent «Mehnat», 1988. Download 78.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling