Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 190.51 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi190.51 Kb.
#1438981
Bog'liq
Pul va banklar SMMT 87 Oblokulov


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYA” KAFEDRASI





Sirtqi “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
3-kurs SMMT-87 guruh talabasi
Oblokulov Asadbek ning

PUL VA BANKLAR FANIDAN JORIY NAZORAT ISHI




Toshkent-2023
Variant № 24

  1. M0 pul agregati va uning ahamiyati ?

  2. Qattiq valyutalar .

  3. Oltin demonetizatsiyasi .



1.M0 pul agregati va uning ahamiyati
MO – muomaladagi naqd pul”, banklardan tashqari muomaladagi naqd pullarni o'z ichiga oladi;
M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
M-O agregati – naqd pullar;
Pulning mohiyatini namoyon bo‘lish shakllari
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi:
Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.
Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi.
Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi.Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi).Pulning muhim xususiyati shundaki, pul ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar va xizmatlar
Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomalaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi.

2.Qattiq valyutalar .


Qattiq valyuta nima? Qattiq valyuta, siyosiy va iqtisodiy jihatdan barqaror deb qaraladigan millat chiqaradigan pullarni anglatadi. Qattiq valyutalar butun dunyoda tovarlar va xizmatlar uchun to'lov shakli sifatida keng qabul qilingan va ichki valyutaga nisbatan afzal bo'lishi mumkin. Qattiq valyutani tushunish: Qattiq valyuta qisqa vaqt ichida nisbatan barqaror bo'lib qolishi va valyuta yoki valyuta (valyuta) bozorida yuqori likvidli bo'lishi kutilmoqda. Dunyoda eng ko'p savdo qilinadigan valyutalar AQSh dollari (evro), Evropa yevro (EUR), Yaponiya iyenasi (JPY), Britaniya funti (GBP), Shveytsariya franki (CHF), Kanada dollari (CAD) va Avstraliya dollari (AUD). ). Ushbu valyutalarning barchasi xalqaro investorlar va biznesning ishonchiga ega, chunki ular odatda keskin pasayish yoki qadrlashga moyil emas. Jahon tashqi zaxira valyutasi maqomiga ega bo'lganligi sababli AQSh dollari ayniqsa ajralib turadi. Shu sababli ko'plab xalqaro operatsiyalar AQSh dollarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, agar mamlakat valyutasi yumshay boshlasa, fuqarolar o'z boyliklarini himoya qilish uchun AQSh dollari va boshqa xavfsiz valyutalarni ushlab turishni boshlaydilar.
3.Oltin demonetizatsiyasi


Tarixan jahon puli funktsiyasini oltin va kumush bajarib kelgan bo`lsada, Parij valyuta tizimi (1867yil) doirasida faqatgina oltin jahon puli sifatida qabul qilingan. Biroq, demonetizatsiya natijasida oltinning ahamiyati bir muncha kamaydi. 
Oltin demonetizatsiyasi - bu oltinning pul funktsiyalarini bajarishdan asta-sekin maxrum etish jarayonidir. Demonetizatsiya jarayoni, XIX asr oxirigacha bir necha yuz yil davom etgan kumush demonetizatsiyasi kabi uzoq muddatli jarayondir.
Oltin demonetizatsiyasi ob`ektiv va sub`ektiv sabablar bilan izohlanadi:

1) Oltin pullar zamonoviy tovar ishlab chiqarish talablariga javob bermaydi;

2) Kredit munosabatlari rivojlanishi bilan, kredit pullar - banknota, veksel, cheklar asta-sekin oltinni avval ichki pul muomalasidan, keyin esa, xalqaro valyuta munosabatlaridan siqib chiqardi;

3) Oltin muomalasining davlat tomonidan tartibga solinishi - uning demonetizatsiyasini tezlashtiradi;




Sub`ektiv omillar sifatida AQSHning valyuta siyosatini ko`rsatish mumkin. AQSH valyuta siyosatining strategiyasi dollarning xalqaro mavqeini mustahkamlash maqsadida, oltinni jahon valyuta tizimining asosi sifatida diskreditatsiya qilishga yo`naltirilgan edi. Birinchi Jahon urushidan so`ng, moliya markazi Yevropadan Amerikaga ko;chdi va bu AQSH dollarining taqchiligiini kuchaytirdi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin, AQSH o`zining yirik valyuta- iqtisodiy potentsialiga tayanib, «dollar oltindan yaxshiroq» shiori ostida, dollar hukmronligi uchun kurashni boshlab yubordi. 
Download 190.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling