Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 254.36 Kb.
bet9/12
Sana16.06.2023
Hajmi254.36 Kb.
#1496588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
amaliyot kundaligi

T/r

Nomi

Xarajat guruxi

2021 yil

2022 yil

2021 yilga nisbatan %

1

Jami xarajatlari




81,903.9

102,223.6

125%

2

1-gurux xarajatlari

1

52,918.0

63,808.1

121%




ju jumladan
















Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar

1

477,459.0

56,815.9

12%




Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar
(2-yosh, 14-yosh, moddiy yordam)

1

51,721.0

6,585.6

13%

3

Ish haqidan ajratmalar

2

11,796.2

14,088.6

119%

4

Boshqa xarajatlar

4

17,189.7

24,327.0

142%




Safar xarajatlari




6.3

0.7

11%




Komunnal xarajatlar




2,444.7

2,812.8

115%




Saqlash va joriy ta’mirlash




3,193.7

2,689.5

84%




Tovar moddiy qiymatliklar sotib olish




5,839.1

7,517.8

129%




ju jumladan
















Oziq-ovqat




2,891.3

3,612.1

125%




Dori darmonlar




2,039.0

2,766.5

136%




Tovar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha boshqa xarajatlar




479.5

662.5

138%




Asosiy vositalarga xarajatlar




1,626.7

1,414.3

87%




shu jumladan
















Kapital ta’mirlash




8.2

128.9

1572%




Sotib olish




1,618.5

1,285.4

79%




Ijtimoiy to‘lovlar




1,010.9

103.5

10%




Boshqalar




2,588.7

9,125.9

353%


2022 yil xarajatlari yoyilmasiga muvofiq, 2021 yilga nisbatan 1-gurux xarajatlari
121 %ga, 2-gurux xarajatlari 119% ga, 4-gurux xarajatlari 142 % oshirilgan. 1-2 xarajatlari Davlat rahbarining tegishli farmoniga asosan ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, 4-gurux xarajatlarida komunnal xarajatlar 115 % (xaqiqiy iste’mol ortishi), tovar moddiy qiymatliklar sotib olish 129% (oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlarning narxi oshishi, tibbiyot muassasalarida dori-darmon va ovqatlantirish xarajatlarining koyka kuniga mutanosib ravishda oshirilishi), kapital ta’mirlash 1572% (dastur asosida shaxardagi drenaj quduqlarining kapital ta’mirlash xarajatlari hisobiga), boshqa xarajatlar 353% (2022 yildan boshlab mahalliy budjet parametrlari tarkibida fuqarolar tashabbusi loyihasi uchun 5 % alohida mablag‘ rejalashtirilishi hisobiga) xarajatlar oshirilgan.

Budjet tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirish tartibi :

Budjet tashkilotlari xarajatlarini amalga oshirish shahar G‘aznachilik xizmati orqali amalga oshiriladi. Xarajatlarni amalga oshirishda quyidagi ketma ketlikka amal qilgan holda amalga oshiriladi :


-ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar;
-ish haqidan ajratma xarajatlari;
-oziq-ovqat xarajatlari va ovqatlantirish;
-dori-darmon xarajatlari;
-komunnal xarajatlar;
-yoqilg‘i moylash maxsulotlari va yoqilg‘i xarajatlari;
-boshqa xarajatlar.
G‘aznachilik xizmatida budjet tashkilotlarining avvalo yuridik va moliyaviy majburiyatlari elektron ravishda ro‘yhatga olinadi va shundan so‘ng to‘lov topshiriqnomalar orqali moliyalashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.12.2016 yilda 88-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 22 dekabrda 2850-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) nizom talablari asosida amalga oshiriladi.


Bekobod shahar Iqtisodiyot
va moliya boshlig‘i : Baykuziyev.Sh ________
4-mavzu. Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ xaridlarni tahlil qilish
Bekobod shaxarida budjet tashkilotlari tomonidan davlat xaridlarini xarid qilish tartib-taomillarini ya’ni bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oshmaydigan, biroq bir yilda bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravar miqdoridagi summadan ko‘p bo‘lmagan tovarlar elektron do‘konda xarid qilinishi belgilangan.
Elektron do‘kon (milliy do‘kon) orqali davlat buyurtmachisining davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravar miqdoridagi summadan ko‘p bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatdar) xaridlar 2022 yilda xarid qilish tartib-taomili elektron do‘kon orqali jami 1156 ta xolatda 6 549 937 605.20 so‘mlik shartnomalar maxsus axborot portali orqali DMBAT dasturiy ta’minotida elektron ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan, bir yilda ikki ming besh yuz baravar miqdoridagi summadan ko‘p bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridi budjet tashkilotlari tomonidan 2022 yilda amalga oshirlmagan. G‘aznachilik bo‘linmasidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.
Auksion orqali budjet buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda 2021 yilda xarid qilish tartib taomili auksion orqali budjet buyurtmachilari tomonidan jami 111 ta xolatda 1 026 812 552.72 so‘mlik shartnomalar maxsus axborot portali orqali DMBAT dasturiy ta’minotida elektron ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, budjet buyurtmachilari tomonidan bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan ortiq bo‘lgan davlat xaridlari 2022 yilda amalga oshirilmagan.
Auksion orqali budjet buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda 2022 yilda xarid qilish tartib tamoili auksion orqali budjet buyurtmachilari tomonidan jami 78 ta xolatda 358 352 556 so‘mlik shartnomalar maxsus axborot portali orqali DMBAT dasturiy ta’minotida elektron ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Tanlov orqali davlat xaridi budjet buyurtmachilari tomonidan tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha, ish yoki xizmatlar yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorda 2021 yilda xarid qilish tartib tamoyili tanlov orqali davlat xaridi budjet buyurtmachilari tomonidan jami 63 xolatda 4 688 945 671.86 so‘mlik shartnomalar tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha, ish yoki xizmatlar yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdor doirasida xarid qilingan.
Tanlov orqali davlat xaridi budjet buyurtmachilari tomonidan tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravarigacha, ish yoki xizmatlar olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorda 2022 yilda xarid qilish tartib - tamoyili tanlov orqali davlat xaridi budjet buyurtmachilari tomonidan jami 78 xolatda 19 936 160 748.70 so‘mlik shartnomalar tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha, ish yoki xizmatlar yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdor doirasida xarid qilingan.
To‘g‘ridan - to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3953-sonli Qaror talablari asosida 2021 yil jami 629 ta xolatda 13 759 499 818.44 so‘mlik shartnomalar qaror talablari asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2022 yilda jami 474 ta xolatda 9 868 373 722.42 so‘mlik shartnomalar qaror talablari asosida G‘aznachilik bo‘linmasidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Yagona yetkazib beruvchilar reestirdagi tovar ish xizmat yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan 2021 yilda jami 261 ta xolatda 4 193 797 185.12 so‘mlik tovarlar va ish xizmatlar shartnomalari qonunda belgilangan tartibda G‘aznachilik bo‘linmasidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2022 yilda yagona yetkazib beruvchilar bilan amalga oshirilgan davlat xaridlarining yagona yetkazib beruvchilar reestirdagi tovar ish xizmat yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan jami 235 ta xolatda 5 383 429 123.03 so‘mlik tovarlar va ish xizmatlar shartnomalari qonunda belgilangan tartibda G‘aznachilik bo‘linmasidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Bekobod shahri bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasida 2021 yil davrida budjet tashkilotlari hamda tovar ish xizmat yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan jami 3212 ta umumiy summasi 58 407 477 780.86 so‘mlik shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shundan budjet ya’ni budjet buyurtmachilarini smetasiga ajratilgan mablag‘lari xisobidan jami 2078 ta umumiy summasi 27 859 643 339.54 so‘mlik, budjet buyurtmachilarini budjetdan tashqari mablag‘lari xisobidan 1134 xolatda umumiy summasi 30 547 834 441.32 so‘mlik shartnomalar g‘aznachilikdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xamda to‘lovlari amalga oshirilgan.
2022 yil davrida budjet tashkilotilari xamda tovar ish xizmat yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan jami 3400 ta umumiy summasi 96 561 108 165.14 so‘mlik shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shundan budjet, ya’ni budjet buyurtmachilarini smetasiga ajratilgan mablag‘lari xisobidan jami 2412 ta umumiy summasi 73 275 900 879.10 so‘mlik, budjet buyurtmachilarini budjetdan tashqari mablag‘lari xisobidan 988 xolatda umumiy summasi 23 285 207 286.04 so‘mlik shartnomalar g‘aznachilikdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xamda to‘lovlari amalga oshirilgan.

Download 254.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling