Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 254.36 Kb.
|
amaliyot kundaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bekobod shahar Iqtisodiyot va moliya boshlig‘i
Bekobod shahar mahalliy budjeti 2022 yil yakunlariga ko‘ra belgilangan reja 3793,0 mln.so‘m 107 % ga ijro etilgan. Bekobod shahar mahalliy budjeti 2021 yil yakunlariga ko‘ra 7439,5 mln.so‘m yoki 107 % ga bajarilgangan bo‘lsada 2 ta soliq turi bo‘yicha 956,7 mln.so‘m jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i 215,9 mln.so‘m, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 740,8 mln.so‘m kam bajarilgan. Yuqorida keltirilgan soliq turlarining bajarilmaslik sabablari tahlil qilinganda belgilangan prognoz rejada belgilangan tadbirkorlik sub’ektlarining vaqtincha faoliyat yuritmasligi hamda boqimanda soliq qarzdorligi ortishi hisobiga yuzaga kelganligi sabab bo‘lgan. 2022 yilda shahar mahalliy budjetining daromadlari ijrosi 2021 yilga nisbatan (yuqori budjetlardan o‘zaro hisob-kitoblar, viloyat budjetidan o‘tkazib beriladigan daromadlarni inobatga olgan holda) 68675,6 mln.so‘mga ortgan. 2022 yil mahalliy byudjet daromadlari 186848,5 mln.so‘m bo‘lib xarajatlardan 1577,4 mln.so‘m ortgan holda ijro etilgan. 2022 yil 1-3 choraklar davomida mahalliy budjet daromadlar prognoz rejasining ortirib bajarilgan qismi 3261,4 mln.so‘mni tashkil etgan. Bekobod shahar Iqtisodiyot va moliya boshlig‘i : Baykuziyev.Sh ________ 2-mavzu. Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish 2021 yil bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 25-dekabrdagi “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-657-son qonuniga hamda Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 2020 yil 31 dekabrdagi VI-XXXV/I-son “2021 yil uchun Bekobod shahar mahalliy byudjeti to‘g‘risida”gi qarori bilan shahar mahalliy byudjeti xarajatlari 81903,9 mln.so‘m miqdorida tasdiqlangan. Xalq deputatlari shahar Kengashining yuqoridagi qarorining 8-bandida shahar moliya bo‘limiga xarajatlarni rejalashtirishda birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va komunnal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirishini nazarda tutgan holda shakllantirilishini belgilangan. Shahar mahalliy budjetining zahira jamg‘armasi 964,7 mln.so‘m, shahar mahalliy budjeti shaxsiy g‘azna xisob varag‘ida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori (aylanma kassa mablag‘i) 756,7 mln.so‘m miqdorida tasdiqlangan. Bekobod shahar mahalliy byudjetining 2021 yilgi xarajatlari sohalar bo‘yicha cheklangan miqdori quyidagichani tashkil etgan.
Download 254.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling