O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 81 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi81 Kb.
#1539922
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fotosintez va hosildorlik


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti
Biologiya fakulteti
Biologiya (turlari bo`yicha) yo`nalishi
-guruh talabasi
Akmalova Dilyoraning
_______________________________________fanidan
“Fotosintez va hosildorlik" mavzusidagi


MUSTAQIL ISHI

Tekshirdi:


Bajardi:
Toshkent-2023

Mavzu: Fotosintez va hosildorlik


Reja:


1. Fotosintez ekalogiyasi
2. Fotosintezning sof mahsuldorligi
3. Fotosintez va hosildorlik


Fotosintez ekologiyasi
Biosferada quyosh energiyasi hisobiga yashil ooʻsimliklarda eng oddiy anorganik birikmalardan glyukoza va boshqa uglevodlar sintezlanishi – Yerda hayotning davom etishini ta‘minlaydigan eng muhim biosintetik jarayon boradi, u fotosintez deb ataladi..
Fotosintez jarayonida geterotrof organizmlar uchun asosiy energiya manbai boʼlgan, uglevodlar sintezi bilan bir qatorda odam va yuksak darajada rivojlangan boshqa organizmlar hayot uchun birinchi darajali ahamiyatga ega boʼlgan kislorod ajraladi:
Fotosintez jarayonini oʼrganishda K.YE.Timiryazev, N.N.Terenin, T.N.Godnev, A.A.Krasnovskiy, A.A.Nichiporovich, V.YE.Yevstigneyev, A.Bayyer, R.VilshtetterYU Van-Nil, Xill, D.Arnon, M.Kalvin va boshqalar katta hissa qoʼshganlar. Yuksak oʼsimliklarda fotosintez jarayonlari murakkab tuzilgan, uzunligi 3-10 mkm, diametri 0,5-2,0 mkm boʼlgan xujayraorganoidi xloroplastlaida boradi. Ularning tirik xujayradagi soni 50-200 tagacha yetishi mumkin.
Fotosintez ekologiyasi deganda, fotosintez mahsuldorligi tashqi sharoit omillarining ta’siriga bog‘liq ekailigi tushuniladi. Bu omillarningta’siri va о‘simliklarning bu ta’sirlarga moslashuvi о‘simlikshunoslikda katta axamiyatga ega. Chunki fotosintez jadalligi va mahsuldorligi shu munosabatga bog‘liq.
Fotosintez jadalligi deb bir metr kvadrat yoki dm2 barg yuzasi hisobiga bir soat davomida о‘zlashtirilgan SO2 yoki hosil bо‘lgan organik modda miqsoriga aytiladi.
Fotosintezning sof mahsuldorligi deb bir kecha-kunduz davomida о‘simlik quruq massasining barglari yuzasi hisobiga ortish nisbatiga aytiladi. Kо‘pchilikо‘simliklar uchun bu 5-12 g/m2gateng.
Fotosintez eng muhim fiziologik jarayenlaridan biri bо‘lib, о‘simliklar tomonidan boshqariladi va ularning boshqa funksiyalariga ham ta’sir etadi. Shuning uchun xam bu jarayonga tashqi va ichki omillarning ta’sirini о‘rganish katta ahamiyatga ega.

Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling