Kurs ishining maqsadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonida kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishda mehnat tashkil etish va normalash imkoniyatlari borasida Kurs ishida nazariy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda qoyidagi vazifalar belgilangan:
qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari va asarlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari, qonunosti meyoriy hujjatlar, xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning adabiyotlarni organish;
iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida mehnat munosabatlarining nazariy asoslarini umumlashtirish;
kichik biznes va tadbirkorlik subektlarida mehnatni tashkil etish, normalash va mehnat unumdorligi oid adabiyotlarni tahlil etish va organish;
mehnatni oqilona tashkil etish va normalashning mehnat unumdorligini oshishiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining obekti: Kurs ishini organish va tahlili qilish obekti sifatida Sanam MChJ korxonasi faoliyati iqtisodiy natijalari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishning turli korinishlari yuzasidan shakllanadigan muoammolar, maqsadlar, tamoyillar va qollaniladigan uslublarning majmuini tasvirlash va organish kabilarni aytish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, uchta bobni oz ichiga mujassamlashtirgan 6 ta bolim, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar royxatidan tarkib topgan.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, uning predmeti va obekti, ilmiy izlanish maqsadi, vazifalari hamda mehnat unumdorligini oshirishning amaliy va nazariy asoslari va ahamiyati borasida qisqacha mazmuni oz aksini topgan.
Kurs ishining birinchi bobida - mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish, modernizatsiya qilish va rivojlantirish sharoitida mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishning nazariy asoslari, subektlar faoliyatini rivojlanishining oziga xos xususiyatlari hamda mazkur tarmoq faoliyatiga tasir etuvchi omillar qisqacha bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |