egadir.
Lekin
qonuniylik
tartibini
ta’minlashda huquqbuzarlikni to'g'ri tasniflash, aybdor shaxsni
qonuniy
va
asoslantirilgan
jazoga
tortish
maqsadida,
huquqbuzarlik ko'rinishlarini farqlash lozim bo'ladi.
Jinoyat nojo'ya xatti-harakatdan (ma’muriy, intizomiy) bir
qator xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu birinchi navbatda,
huquqqa xilof qilmishning ijtimoiy xavfi va turi.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasiga
binoan ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli
qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo'llash tahdidi bilan —
jinoyat deb topiladi.
Ushbu Kodeks bilan qo'riqlanadigan obyektlarga zarar
etkazadigan yoki shunday zarar etkazish real xavfni keltirib
chiqaradigan qilmish — ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
To'g'ri, har qanday huquqqa xilof qilmishdan kelib
chiqadigan moddiy, ya’ni jamiyatga keltiriladigan zarar darajasi
birinchi o'rinda turadi. Aynan unga qarab huquqqa xilof
qilmishning turi: jinoiy, ma’muriy yoki intizomiy huquqbuzarlik
ekanligi masalasi hal qilinadi.
Ikkinchidan esa, mazkur
javobgarliklarni farqlashda - turli protsessual normalar orqali-
tartibga solinganligi, shuningdek, sudlanganlik va ma’muriy yoki
intizomiy javobgarlikka tortilganlik masalasi e ’tiboiga olinadi.
Huquqbuzarlikning ijtimoiy xavfi mavjudligi yoki mavjud
emasligi to'g'risidagi masala tegishli davlat organlari vakolatiga
kirib, huquqbuzarlik tarkibining xususiyatlarini aniqlash orqali
hal qilinadi.
Nojo'ya
xatti-harakatlar,
odatda,
ijtimoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |