Tarbiya koloniyasidan ozod bo'lib qaytgan voyaga yetmagan
shaxs istiqomat qilayotgan joydagi komissiya mazkur shaxs 18
yoshga yetgunga qadar uni ishga yoki o'qishga joylashtirish
choralarini ko'radi va uning axloqini nazorat qilib boradi.
70
Tarbiya koloniyasidan ozod bo‘lgan voyaga yetmagan
shaxsni tarbiyaviy mulohazalar sababli ilgarigi istiqomat joyiga
yuborish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan favqulodda
hollarda uni ishga joylashtirish koloniya ma’muriyatining
taqdimi bilan shu tarbiya koloniyasi joylashgan komissiya
tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya koloniyadan ozod bo'lgan voyaga yetmagan
shaxsni u yordam so'rab murojaat qilgan kundan boshlab 10
kun muddatdan kechiktirmay ishga yoki o'qishga joylashtirish
masalasini hal qilishi shart.
Komissiyalar
-
O'zbekiston
Respublikasi
Jinoyat-
protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda topshirilgan
ishlami; O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to'g'risidagi
kodeksiga
muvofiq
ma’muriy
huquqbuzarlik
to'g'risidagi ishlami; ichki ishlar organlari va xalq ta’lim
oiganlari taqdimi bo'yicha berilgan ishlarni; kasaba uyushmasi,
umumta’lim maktablari huzuridagi ota-onalar qo'mitalari,
fuqarolaming o'zini-o'zi boshqarish oiganlari va boshqa jamoat
birlashmaiari taqdimnomasi bo'yicha topshirilgan ishlami;
fuqarolaming arizalari bo'yicha ko'riladigan ishlami; o'z
tashabbusi bilan ko'riladigan ishlami qarab chiqadilar.
Komissiyalar ishlami ular komissiyaga tushgan paytdan
boshlab ko'pi bilan 15 kun ichida ko'rib chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |