O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/99
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1836342
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Bog'liq
KITOB

 
Savollar 
 
1. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlar qaysi olimlar tomonidan 
о‘rganilgan va tuproq tipi sifatida ajratilgan? 
2. Chо‘l zonasining sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlari qanday 
ekologik sharoitda rivojlanadi va rеspublikamizning qayеrlarida 
tarqalgan? 
3. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlar kеsmasining morfologik tuzilishi 
va qatlamlarning asosiy bеlgilarini tushuntirib bеring? 
4. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlarning mеxanik tarkibi, fizik va suv 
xossalari tо‘g‘risida qanday ma’lumotlarni bilasiz? 
5. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlar shо‘rlanish darajasi va tipiga 
kо‘ra qaysi guruhga kiritiladi?
6. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproq tipi qanday tipchalarga ajratiladi? 
7.
 
Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlardan qishloq xо‘jaligining qaysi 
tarmoqlarida foydalaniladi? 


61 
 
CHO‘L MINTAQASINING SUG‘ORILADIGAN 
TUPROQLARI 
 
Sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlar. Taqir voha tuproqlari. Bu 
tip cho‘l mintaqasining sizot suvlari chuqurda joylashgan 
sug‘oriladigan tuproqlarini birlashtiradi. Bu tip vakillari uchun 
umumiy xossasi - qatqaloq hosil bo‘lishiga moyilligi, suv-fizik 
xossalarini yomonlashishi, tashlab qo‘yilganida taqirlanishidir. 
Ma’lumki, bu xossalar alohida tuproqlarda bir xil darajada aks 
etmagan, buning asosida tipchalar ajratilgan. Taqir voha tuproqlari 
tipi boshqa voha tuproqlar kabi tipchalarga ajratish dastlabki tuproq 
(qumli cho‘l, taqir, sur tusli qo‘ng‘ir) belgilarini namoyon qilish 
nisbati va xossalari bo‘yicha amalga oshirilgan. 
Bu tipda quyidagi tipchalar ajratilgan: birinchi tipcha shu 
tipning nomi bilan nomlanadi taqir-voha tuproqlari tipchasi, hamda 
sug‘oriladigan taqir va sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar. 
Agroirrigatsion qatlamning rivojlanishi taqir-voha tuproq-
larining asosiy belgisi hisoblanadi. 
Sug‘orish suvlaridan loyqalarning cho‘kishi, mahalliy 
o‘g‘itlarning yig‘ilishi va uzoq vaqt davomida bir xil gidrotermik 
tartibda turishi kabi bir xil sharoitlar agroirrigatsion qatlamlarga bir 
xil rang, mexanik tarkib, qovushma, qo‘shilmaning xarakteri va 
ba’zi kimyoviy xossalarni bergan. 
O‘zbekistonda taqir-voha tuproqlari kam tarqalgan va oz 
o‘rganilgan. Кarmana va Sherobod vohalari bo‘yicha ba’zi 
ma’lumotlar bor. Кo‘pchilik hollarda unda agroirrigatsion qatlamni 
mexanik tarkib bo‘yicha bir xilligi va profilning pastki qismida farq 
qilishi, agroirrigatsion qatlam chegarasidan pastga tomon chirindini 
asta kamayishi, karbonat va gips qatlami ko‘rsatilgan. 
Taqir voha tuproqlarining haydalma va haydalma ostki 
qatlamlarda sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarga nisbatan 
suvga chidamli makro va mikroagregatlarning juda yuqoriligi bilan 
farq qiladi. Bu qatlam past disperslik, zichlik, yuqori g‘ovaklik va 
suv o‘tkazish qobiliyatiga ega. Taqir-voha tuproqlari agroirrigatsion 


62 
qatlamiga maksimal gigroskopiklik, so‘lish namligi va ayniqsa nam 
sig‘imini yuqoriligi kabi xossalariga egadir. 
Taqirlar cho‘l zonasining eng pastki qismida joylashgan. 
Sug‘oriladigan taqir tuproqlarning ko‘pchilik hududlarida vaqt 
o‘tishi bilan sizot suvlarining ko‘tarilishi natijasida taqir o‘tloqiga 
o‘tadi. Bunda profilning pastki tomonida gleylanish belgilari 
zangsimon tomirchalar ko‘rinishida bo‘ladi. 
Sug‘oriladigan taqir va taqir-o‘tloqi tuproqlar genetik gori-
zontlarga ajratilgan. Кesmalarda nisbatan zich bo‘lgan haydalma 
qatlam sur rangda va kuchsiz strukturalangan qatlam aniq ajralib 
turadi. 
Кo‘pchilik sug‘oriladigan taqir va taqir-o‘tloqi tuproqlarning 
yuqori qatlamlari og‘ir mexanik tarkibi bilan xarakterlanadi. Bu bilan 
uning salbiy agronomik xossasi bog‘langan, qatqaloq paydo bo‘lishga 
moyilligi namoyon bo‘ladi. Qatqaloqning zararliligi, ayniqsa bahorda 
seziladi, yer betiga maysalarning chiqishiga halaqit beradi, vaqtida 
ishlov berilmasa, o‘simlik dimiqib qoladi va nobud bo‘ladi. 
Sug‘oriladigan taqir va taqir-o‘tloqi tuproqlar nisbatan asosiy 
oziq elementlarini ko‘p ushlaydi, lekin ular madaniy ekinlarning 
normal rivojlanishi uchun yetarli emas. Bunday tuproqlarga organik 
va mineral o‘g‘itlarni solish, almashlab ekishni joriy qilishni taqozo 
etadi. 
Sug‘oriladigan taqir va taqir-o‘tloqi tuproqlar u yoki bu 
darajada sho‘rlangandir. Ulardagi tuzlar miqdori o‘zlashtirish 
vaqtida meliorativ tadbirlarning sifatiga bog‘liq. 
Taqirlarning paydo bo‘lishida tuproq hosil qiluvchi ona jinsning 
mеxanik tarkibining og‘irligi asosiy rol o‘ynaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling