O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KITOB
Savollar
1. Sug‘orishlar natijasida sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning morfologik belgilarida qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 2. Qumli tuproqlar qanday xossa va xususiyatlarga ega? 3. Taqirli tuproqlar mamlakatimizning qaysi mintaqalarida tarqalgan? 70 CHO‘L MINTAQASINING YARIM GIDROMORF VA GIDROMORF TUPROQLARI CHO‘L MINTAQASINING О‘TLOQI TUPROQLARI Chо‘l mintaqasining о‘tloqi tuproqlari sizot suvi chuqurligi 1-3 m bо‘lganda hosil bо‘ladi. Sizot suvlari tuproq qatlamlarini mо‘tadil namlab, tuproqlarning yuza qismida о‘tloqi tuproqlarga xos о‘simliklarning rivojlanishiga olib kеladi. О‘simlik qoldiqlarining aerob sharoitda parchalanishi natijasida tuproqning ustki qatlamida chimli qatlam shakllanadi va gumusning tо‘planishi kuchayadi. Shu sababli о‘tloqi tuproqlarda gumusning miqdori boshqa avtomorf tuproqlarga nisbatan ancha kо‘p bо‘ladi. Tuproqning о‘rta va pastki qatlamlarida glеyli, karbonatli va gipsli gorizontlarning rivojlanishi kuzatiladi. Tuproq kapillyarlari orqali tuzlarning harakati kuchayadi. О‘tloqi tuproqlarda kuchli shо‘rlanish jarayonlari hosil bо‘lib, shо‘rxoklarni rivojlanishga olib kеladi. Markaziy Osiyoning, shu jumladan О‘zbеkistonning chо‘l mintaqasida rivojlangan о‘tloqi tuproqlar Yevroosiyoning о‘rmon, о‘rmon dasht va dasht mintaqalarida taraqqiy etgan о‘tloqi tuproqlardan о‘zining och sur tusi, strukturasi va gumusining kamligi, karbonat va gipsli qatlamlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Chо‘lning issiq iqlimi ta’sirida о‘tloqi tuproqlar tarkibidagi ortiqcha namlikning bug‘lanishi shо‘rlanish va shо‘rxoklanish jarayonlarini vujudga kеltiradi. Yuqorida kо‘rsatilgan bеlgilar, hodisalar va jarayonlar chо‘l zonasida о‘ziga xos о‘tloqi tuproqlarni paydo bо‘lishi, rivojlanishi va tarqalishiga imkoniyat yaratadi. Hozirgi paytda о‘tloqi tuproqlarning dеyarli barcha maydonlari о‘zlashtirilgan. О‘zbеkiston hududida о‘tloqi tuproqlarning quyidagi guruhlari ajratiladi: 1) sug‘oriladigan о‘tloqi tuproqlar, 2) sug‘o- riladigan о‘tloqi-allyuvial tuproqlar, 3) sug‘oriladigan о‘tloqi tuproqlar, 4) sug‘oriladigan taqirsimon-о‘tloqi tuproqlar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling