O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KITOB
Savollar 1. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlar qaysi olimlar tomonidan о‘rganilgan va tuproq tipi sifatida ajratilgan? 2. Chо‘l zonasining sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlari qanday ekologik sharoitda rivojlanadi va rеspublikamizning qayеrlarida tarqalgan? 3. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlar kеsmasining morfologik tuzilishi va qatlamlarning asosiy bеlgilarini tushuntirib bеring? 4. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlarning mеxanik tarkibi, fizik va suv xossalari tо‘g‘risida qanday ma’lumotlarni bilasiz? 5. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlar shо‘rlanish darajasi va tipiga kо‘ra qaysi guruhga kiritiladi? 6. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproq tipi qanday tipchalarga ajratiladi? 7. Sur tusli qо‘ng‘ir tuproqlardan qishloq xо‘jaligining qaysi tarmoqlarida foydalaniladi? 61 CHO‘L MINTAQASINING SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARI Sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlar. Taqir voha tuproqlari. Bu tip cho‘l mintaqasining sizot suvlari chuqurda joylashgan sug‘oriladigan tuproqlarini birlashtiradi. Bu tip vakillari uchun umumiy xossasi - qatqaloq hosil bo‘lishiga moyilligi, suv-fizik xossalarini yomonlashishi, tashlab qo‘yilganida taqirlanishidir. Ma’lumki, bu xossalar alohida tuproqlarda bir xil darajada aks etmagan, buning asosida tipchalar ajratilgan. Taqir voha tuproqlari tipi boshqa voha tuproqlar kabi tipchalarga ajratish dastlabki tuproq (qumli cho‘l, taqir, sur tusli qo‘ng‘ir) belgilarini namoyon qilish nisbati va xossalari bo‘yicha amalga oshirilgan. Bu tipda quyidagi tipchalar ajratilgan: birinchi tipcha shu tipning nomi bilan nomlanadi taqir-voha tuproqlari tipchasi, hamda sug‘oriladigan taqir va sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar. Agroirrigatsion qatlamning rivojlanishi taqir-voha tuproq- larining asosiy belgisi hisoblanadi. Sug‘orish suvlaridan loyqalarning cho‘kishi, mahalliy o‘g‘itlarning yig‘ilishi va uzoq vaqt davomida bir xil gidrotermik tartibda turishi kabi bir xil sharoitlar agroirrigatsion qatlamlarga bir xil rang, mexanik tarkib, qovushma, qo‘shilmaning xarakteri va ba’zi kimyoviy xossalarni bergan. O‘zbekistonda taqir-voha tuproqlari kam tarqalgan va oz o‘rganilgan. Кarmana va Sherobod vohalari bo‘yicha ba’zi ma’lumotlar bor. Кo‘pchilik hollarda unda agroirrigatsion qatlamni mexanik tarkib bo‘yicha bir xilligi va profilning pastki qismida farq qilishi, agroirrigatsion qatlam chegarasidan pastga tomon chirindini asta kamayishi, karbonat va gips qatlami ko‘rsatilgan. Taqir voha tuproqlarining haydalma va haydalma ostki qatlamlarda sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarga nisbatan suvga chidamli makro va mikroagregatlarning juda yuqoriligi bilan farq qiladi. Bu qatlam past disperslik, zichlik, yuqori g‘ovaklik va suv o‘tkazish qobiliyatiga ega. Taqir-voha tuproqlari agroirrigatsion 62 qatlamiga maksimal gigroskopiklik, so‘lish namligi va ayniqsa nam sig‘imini yuqoriligi kabi xossalariga egadir. Taqirlar cho‘l zonasining eng pastki qismida joylashgan. Sug‘oriladigan taqir tuproqlarning ko‘pchilik hududlarida vaqt o‘tishi bilan sizot suvlarining ko‘tarilishi natijasida taqir o‘tloqiga o‘tadi. Bunda profilning pastki tomonida gleylanish belgilari zangsimon tomirchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Sug‘oriladigan taqir va taqir-o‘tloqi tuproqlar genetik gori- zontlarga ajratilgan. Кesmalarda nisbatan zich bo‘lgan haydalma qatlam sur rangda va kuchsiz strukturalangan qatlam aniq ajralib turadi. Кo‘pchilik sug‘oriladigan taqir va taqir-o‘tloqi tuproqlarning yuqori qatlamlari og‘ir mexanik tarkibi bilan xarakterlanadi. Bu bilan uning salbiy agronomik xossasi bog‘langan, qatqaloq paydo bo‘lishga moyilligi namoyon bo‘ladi. Qatqaloqning zararliligi, ayniqsa bahorda seziladi, yer betiga maysalarning chiqishiga halaqit beradi, vaqtida ishlov berilmasa, o‘simlik dimiqib qoladi va nobud bo‘ladi. Sug‘oriladigan taqir va taqir-o‘tloqi tuproqlar nisbatan asosiy oziq elementlarini ko‘p ushlaydi, lekin ular madaniy ekinlarning normal rivojlanishi uchun yetarli emas. Bunday tuproqlarga organik va mineral o‘g‘itlarni solish, almashlab ekishni joriy qilishni taqozo etadi. Sug‘oriladigan taqir va taqir-o‘tloqi tuproqlar u yoki bu darajada sho‘rlangandir. Ulardagi tuzlar miqdori o‘zlashtirish vaqtida meliorativ tadbirlarning sifatiga bog‘liq. Taqirlarning paydo bo‘lishida tuproq hosil qiluvchi ona jinsning mеxanik tarkibining og‘irligi asosiy rol o‘ynaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling