О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi


PROFESSIONAL TA`LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI


Download 42.33 Kb.
bet2/6
Sana26.06.2023
Hajmi42.33 Kb.
#1656417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Professional ta`lim tizimida sifat ta`minoti-1

PROFESSIONAL TA`LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5812-son Farmoniga asosan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etildi.


Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-xunar maktablari, Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlar, Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan texnikumlar tashkil qilindi.
Yuqoridagilarga asosan kasb-hunar maktablarida kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi, kollejlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar professional ta’limning vazifalari hisoblanadi:

ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaxassisliklarga bo‘lgan talablarini qondirish;


mehnat faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;
mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyg‘unlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
ta’lim olish bilan birgalikda o‘quvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur bilimlarni berish va ularni kelgusida o‘z biznesini tashkil etishi yuzasidan metodik qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o‘stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsiya shakllar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llab, professional ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
shaxslarning professional ta’lim muassasalarini ixtiyoriy tanlashi va kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha bilim olish, shuningdek, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlashdan o‘tish imkoniga ega bo‘lish sharoitlarini yaratish;



Download 42.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling