О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi
Download 42.33 Kb.
|
Professional ta`lim tizimida sifat ta`minoti-1
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu maqolani tugatishda professional ta`lim tizimida sifat ta`minoti samaradorligini oshirish muammolari va echimlari bo’yicha amalga oshirilgan, oshirilayotgan va istiqboldagi ishlar atroflicha ko’rib chiqib tahlil qilindi. Ta’lim muassasasida o’quv jarayoniga yangicha yondashish, innovatsion muxit yaratish, innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish uchun ta’lim va mexnat bozorini o’rganib kadrlarga bo’lgan extiyojni o’rganib, ish beruvchi vazirliklar, korxona va tashkilotlar bilan xamkorlikni kuchaytirish lozim. Ta’lim sifatini ta’minlashda buyurtmachi talablarini birinchi o’ringa qo’yib, xalqaro talablarga javob beradigan, yuqori malakali kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlashni maqsad qilib olinishi kerak. Takliflar: Tibbiyot ta’lim muassasalari o’quv jarayonini professional ta’lim jaroyoni darajasida olib borish; (o’quvchilar davomati, o’quv mashg’ulotlari jarayonlari, dars jadvallarini to’liq elektron jurnal orqali inson omilini kamaytirish); Har bir ta’lim muassasasi qoshida o’quv davolash kompleksini tashkil qilish va amaliy dars jaroyonlarini olib borish Ta’lim muassasalari moddiy texnik bazalarini mustaxkamlash uchun tibbiy jixozlar va xom-ashyo maxsulotlarini sotib olishni soddalashtirish choralarini ko’rish; Xalqaro tajribalardan foydalangan xolda o’quv dasturlarini ishlab chiqish va mazkur dasturlar asosida darsliklar yaratish; Ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini mexnatiga haq to’lash va rag’batlantirishni yangi mexanizmini ishlab chiqish va joriy qilish; Tibbiy ta’limni metodik ta’minlash maqsadida tibbiy ta’lim platformasini ishlab chiqish; Ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini xorijiy ta’lim muassasalarida malaka oshirishlarini yo’lga qo’yish choralarini ko’rish; Ta’lim muassasalari, tibbiyot va ta’lim jarayonidagi yangiliklari, xorijiy davlatlardagi tibbiy ta’limni yoritish maqsadida har oyda bir marta nashr qilinadigan “Ibn Sino izdoshlari” ilmiy-ommabop jurnali nashr qilish choralarini ko’rish; Raqamli tibbiyotni joriy qilgan xolda tibbiyot oliygoxlari professor o’qituvchilari tomonidan uzluksiz masofaviy amaliy seminarlar tashkil qilib borish; Har bir ta’lim muassasasida dorivor o’simliklarni ekish va parvarish qilish o’quv tajriba maydonlari (issiqxona, er uchastkalari, bog’lar) tashkil qilish; Ta’lim muassasalaridagi vakant o’rinlarni qoplash maqsadida ko’p yillik amaliyot tajribasiga ega, oliy malaka toifali o’rta tibbiy xodimlari amaliyot mashg’ulotlarni olib borishlariga ruxsat berish qonuniy asoslarini yaratish; Download 42.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling