О‘quv adabiyotlarini yaratish, О‘quv jarayonini darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash, ularni xarid qilish va yangilab borish tartibi (loyiha)
Download 1.92 Mb.
|
Адабиётларга гриф бериш
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘QUV ADABIYOTLARINI YARATISH, О‘QUV JARAYONINI DARSLIKLAR VA О‘QUV QО‘LLANMALAR BILAN TA’MINLASH, ULARNI XARID QILISH VA YANGILAB BORISH TARTIBI (LOYIHA)
- Ta’lim tо‘g‘risida
- Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida
- 2. О‘QUV ADABIYOTLARINI YARATISH TARTIBI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “TASDIQLAYMAN” Andijon mashinasozlik instituti rektori _______U.M.Turdialiyev “______”_________ 2023 y. О‘QUV ADABIYOTLARINI YARATISH, О‘QUV JARAYONINI DARSLIKLAR VA О‘QUV QО‘LLANMALAR BILAN TA’MINLASH, ULARNI XARID QILISH VA YANGILAB BORISH TARTIBI (LOYIHA) Andijon – 2023 1. UMUMIY QOIDALAR 1.1. О‘quv adabiyotlarini yaratish, о‘quv jarayonini darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash, ularni xarid qilish va yangilab borish Tartibi (keyingi о‘rinlarda Tartib deb yuritiladi) Andijon mashinasozlik institutida (keyingi о‘rinlarda institut deb yuritiladi) ta’lim jarayonini zamonaviy о‘quv adabiyotlar yaratish konsepsiyasi talablari asosida sifatli о‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash hamda darsliklar va о‘quv qо‘llanmalarni yangilab borish tartibini belgilaydi. 1.2. Tartib О‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-sentabrdagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi О‘RQ-6378-son Qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-60-son Qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazish tartibini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi 470-son qarori va О‘zbekiston Respublikasining Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tegishli boshqa normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan. 2. О‘QUV ADABIYOTLARINI YARATISH TARTIBI 2.1. Institut bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining о‘quv rejalariga kiritilgan fanlar bо‘yicha yaratilishi zarur bо‘lgan о‘quv adabiyotlari rо‘yxatini shakllantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: kafedralar tomonidan ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha tahsil olayotgan talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda adabiyotlarni yaratish davriyligini hisobga olib, fanlar kesimida о‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati asosida о‘quv adabiyotlariga bо‘lgan ehtiyoj shakllantiriladi; fakultet dekanlari о‘quv adabiyotlariga bо‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, institut tomonidan belgilanadigan yagona shakldagi jadval kо‘rinishida о‘quv adabiyotlarini yaratish rejasini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va о‘quv-uslubiy boshqarmaga belgilangan tartibda taqdim etadi;institutning umumiy Nashr rejasi о‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan har kalendar yilning boshida institut Kengashi muhokamasiga taqdim etiladi va muhokamadan sо‘ng institut rektori tomonidan о‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi;rejaga kiritilgan о‘quv adabiyotlarini yaratish maqsadida kafedralardagi tajribali professor-о‘qituvchilar, xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari, turdosh oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari hamda ish beruvchi tashkilotlarning yetuk mutaxassislarini jalb etgan holda mualliflar guruhlari tayinlanishi mumkin. Zarur hollarda, о‘quv adabiyotlarini yaratish uchun mualliflar tanlov asosida belgilanishi mumkin. Ushbu tanlovda institut professor-о‘qituvchilari, ishlab chiqarish, fan, ta’lim va tegishli boshqa sohalarning yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek xorijiy mamlakatlar mutaxassislari ham ishtirok etishlari mumkin. 2.2. О‘quv adabiyotlari davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, о‘quv reja, fan dasturlari hamda о‘quv adabiyotlariga qо‘yiladigan talablarga mos holda tayyorlanishiga muallif (mualliflar jamoasi) mas’ul hisoblanadi. 2.3. О‘quv adabiyotlari matbaa va noshirlik meyorlariga amal qilingan holda tayyorlanadi. 2.4. О‘quv adabiyotlari qо‘lyozmalarini tayyorlash va ularni nashr qilish 1-ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muallif (mualliflar jamoasi) tomonidan о‘quv adabiyotining qо‘lyozmasi 2-ilovadagi hujjatlar va talablar asosida tayyorlanadi; tayyorlangan qо‘lyozmaga fanning yetuk mutaxassislari, ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha turdosh oliy ta’lim muassasalari, tegishli soha tashkilotlarining taqrizlari olinadi; о‘quv adabiyoti qо‘lyozmasini kafedra dastlabki ekspetizadan о‘tkazadi va 3-ilovadagi shakl asosida tayyorlangan xulosa kafedra yig‘ilishi majlisida muhokama qilinadi, bayonnoma rasmiylashtiriladi va fekultet О‘quv-uslubiy kengashiga taqdim etiladi; fakultet О‘quv-uslubiy kengashida о‘quv adabiyot qо‘lyozmasi atroflicha muallif (mualliflar jamoasi), kafedra mudiri va ekspert ishtirokida muhokama qilinadi va ushbu kengashining bayonnomasi rasmiylashtiriladi va О‘quv-uslubiy boshqarmaga taqdim etiladi; О‘quv-uslubiy boshqarma о‘quv adabiyotlarini qabul qiladi, qayd etadi, ta’lim sohalari va yо‘nalishlariga muvofiq о‘quv adabiyotlar qо‘lyozmalarini о‘rganish bо‘yicha ekspertlarga taqdim etadi; ekspert о‘quv adabiyot qо‘lyozmalarini davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, о‘quv reja va fan dasturlari hamda о‘quv adabiyotlariga qо‘yilgan talablarga mosligi, talabalarga mukammal zamonaviy bilim, kо‘nikma va malakalarni berishga xizmat qilishi yuzasidan ekspertizadan о‘tkazadi va har bir о‘quv adabiyoti bо‘yicha asoslangan xulosani 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq rasmiylashtirib beradi; yakuniy ekspertizadan ijobiy о‘tgan о‘quv adabiyotining qо‘lyozmasi institut О‘quv-uslubiy kengashiga kiritiladi; institut О‘quv-uslubiy kengashiga kiritilgan о‘quv adabiyotlar qо‘lyozmalarini ushbu kengash majlisida muhokama etiladi; muhokama natijasida ijobiy deb topilgan о‘quv adabiyotlarining qо‘lyozmalari institut О‘quv-uslubiy kengashi majlisi bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etish uchun institut Ilmiy Kengashiga kiritiladi, salbiy baholangan о‘quv adabiyotlar qо‘lyozmalari qayta ishlash uchun muallif (mualliflar jamoasi)ga yuboriladi; muhokama natijasida ijobiy deb topilgan о‘quv adabiyotlarining qо‘lyozmalari institut Ilmiy Kengashi qarori bilan nashrga tavsiya etiladi, salbiy baholangan о‘quv adabiyotlar qо‘lyozmalari qayta ishlash uchun muallif (mualliflar jamoasi)ga yuboriladi; institut Ilmiy Kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan о‘quv adabiyotlari rо‘yxati, ularni tayyorlagan muallif (mualliflar jamoasi)lar familiyasi, ismi va sharifi, о‘quv adabiyotining turi, hajmi, adadini kо‘rsatgan holda nashr etishga ruxsat berish tо‘g‘risida institut rektori buyrug‘i loyihasini ishlab chiqadi; О‘quv-uslubiy boshqarma о‘quv adabiyotlarini nashr etishga ruxsat berish yuzasidan institut rektorining buyrug‘ini rasmiylashtiradi, 5-ilovadagi shakl asosida tayyorlangan о‘quv adabiyotlarining nashr ruxsatnomalarini mualliflar jamoasiga taqdim etadi; nashr etishga ruxsat berilgan о‘quv adabiyotlari belgilangan tartibda nashr etiladi. 2.5. Chop etilgan о‘quv adabiyotlaridan ehtiyojga muvofiq talabalar foydalanishi uchun mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bо‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda institut axborot-resurs markaziga о‘quv adabiyotlarining bosma hamda elektron nusxalari joylashtiriladi. 2.6. Institut О‘quv-uslubiy Kengashi tavsiyasiga binoan tegishli grif olib nashrga tavsiya etilgan о‘quv adabiyotlarining elektron nusxalari ularning bosma shakli bilan bir xil kuchga ega. 2.7. О‘quv adabiyotlari qо‘lyozmalarini ekspertizadan о‘tkazish, muhokama qilish va xulosa berish tartibi institut Ilmiy Kengashi tomonidan belgilanadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling