О‘quv adabiyotlarini yaratish, О‘quv jarayonini darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash, ularni xarid qilish va yangilab borish tartibi (loyiha)


О‘QUV ADABIYOTLARINING SHAKLI VA TURLARI


Download 1.92 Mb.
bet3/13
Sana20.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1635425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Адабиётларга гриф бериш

О‘QUV ADABIYOTLARINING SHAKLI VA TURLARI

5.1. О‘quv adabiyotlari oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, о‘quv reja va fan dasturlari asosida muayyan о‘quv fani bо‘yicha zarur nazariy va amaliy bilimlar, о‘quv materiallari, uslubiyot va didaktik ma’lumotlar, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, jahon tajribalari asosida tizimli bayon etilgan nashr bо‘lib, asosan ikki xil shaklda tayyorlanadi:


an’anaviy (bosma) о‘quv adabiyotlari — ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlari, о‘quv materiallari va ma’lumotlar hajmi, shriftlar, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa kо‘rsatkichlarni hisobga olgan holda matbaa usulida tayyorlanib chop etilgan nashr;
dasturiy ta’minotlar asosida yaratilgan elektron о‘quv adabiyotlari — zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bо‘lgan elektron majmua.

    1. О‘quv adabiyotlarining quyidagi turlari mavjud:

darslik — muayyan о‘quv fanining mavzulari tizimli, chuqur va tо‘liq yoritilgan, tegishli fan mazmunini belgilangan hajmda mukammal о‘zlashtirishga qaratilgan, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga (bakalavriat, magistratura) moslashtirilgan, о‘quvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, kо‘nikma va malakalar shakllanishiga, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan asosiy о‘quv nashridir;
о‘quv qо‘llanma — darslikni qisman tо‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bо‘yicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, fan asoslarining mukammal о‘zlashtirilishini ta’minlovchi, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga (о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura)) moslashtirilgan, nazariy yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlarga mо‘ljallangan, о‘quvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, kо‘nikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan о‘quv nashridir;
uslubiy qо‘llanma — professor-о‘qituvchilar va bilim oluvchilar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars о‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qо‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, institut О‘quv-uslubiy Kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr;
uslubiy kо‘rsatma — muayyan fanning о‘quv dasturi bо‘yicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni, shuningdek bitiruvchilarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bо‘yicha bilim oluvchilarda zarur amaliy kо‘nikmalar hosil qilishga mо‘ljallangan, institut О‘quv-uslubiy Kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr;
uslubiy tavsiyanoma — muayyan fanning о‘quv dasturi bо‘yicha mavzularning asosiy mazmunini yoki ayrim murakkab mavzular va masalalarni о‘zlashtirish, nazariy va amaliy vazifalar, topshiriqlarni bajarish bо‘yicha uslubiy yordam kо‘rsatish va pedagogik tavsiya berishga qaratilgan yordamchi о‘quv adabiyoti hisoblanadigan, institut О‘quv-uslubiy Kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr;
ma’lumotlar tо‘plami (banki) — foydalanishga qulay shaklda yaratilgan, muayyan fanni yoki ta’lim yо‘nalishini о‘zlashtirish uchun zarur bо‘lgan, isbot talab qilmaydigan ma’lumotlar, ilmiy kо‘rsatkich va о‘lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, texnika, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ilmiy, amaliy, ma’lumotlardan tashkil topgan, institut О‘quv-uslubiy Kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr;
ma’ruzalar kursi — fanning о‘quv dasturi bо‘yicha ma’ruzalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan atalgan, undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari kо‘rsatilgan, о‘zini-о‘zi nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, institut О‘quv-uslubiy Kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr;
ma’ruzalar tо‘plami — muayyan fanning о‘quv dasturi bо‘yicha undagi ayrim mavzularning asosiy mazmuni qisqacha yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari kо‘rsatilgan, о‘zini-о‘zi nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, ilmiy-tadqiqot izlanishlari asosida muntazam yangilanib turiladigan, institut О‘quv-uslubiy Kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan kichik adadli nashr;
mashqlar (masalalar) tо‘plami — muayyan fanning mavzulari bо‘yicha amaliy mashqlar, masalalar, shuningdek ta’riflash, ifodalash, shakllantirish, hisoblash, ishlab chiqish bо‘yicha misollar keltirilgan, mavzularga oid meyoriy, uslubiy, sonli va tayanch ma’lumotlar bilan tо‘ldirilgan, о‘quvchi va talabalarda amaliy kо‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan, institut О‘quv-uslubiy Kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.
lug‘at — aniq bir tartibda joylashgan sо‘zlar (yoki sо‘z birikmasi va hokazo) tо‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi tо‘g‘risida ma’lumot beruvchi yoki sо‘zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi, institut О‘quv-uslubiy Kengashi tavsiyasi asosida chop etilgan nashr;
daydjest — ilmiy, о‘quv-uslubiy, о‘quv, davriy adabiyotlar, qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar tо‘plami sifatida foydalaniladigan nashr.




  1. Download 1.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling