О‘quv adabiyotlarini yaratish, О‘quv jarayonini darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash, ularni xarid qilish va yangilab borish tartibi (loyiha)


Bosqichlar Tadbirlar


Download 1.92 Mb.
bet9/13
Sana20.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1635425
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Адабиётларга гриф бериш

Bosqichlar




Tadbirlar




Mas’ullar




Muddat

1-bosqich

--

Tasdiqlangan nashr rejasiga muvofiq o‘quv adabiyotlarini tayyorlash: ichki va tashqi taqrizlar olish hamda kafedra yig‘ilishida muhokama qilish

--

Kafedra va mualliflar jamoasi

--

Reja asosida






















2-bosqich

--

Kafedra yig‘ilishi qarori asosida tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlarini fakultet О‘quv-uslubiy kengashi majlisida muhokama qilish hamda institut O‘quv-uslubiy boshqarmasiga kiritish

--

Fakultet dekanlari va mualliflar jamoasi

--

Reja asosida






















3-bosqich

--

O‘quv adabiyotlarini qabul qilish, qayd etish va ta’lim sohalari va yo‘nalishlariga muvofiq ekspertlarga taqdim etish

--

O‘quv-uslubiy boshqarma

--

3
kun






















4-bosqich

--

O‘quv adabiyotlarini ularga qo‘yilgan talablarga mosligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish, asoslangan xulosa hamda uning o‘zbek, rus (boshqa tillar) tilidagi adadi yuzasidan tavsiya berish, institut O‘quv-uslubiy kengashi majlisida muhokama qilish hamda bayon bilan institut Ilmiy Kengashiga tavsiya etish

--

Institut О‘quv-uslubiy kengashi va ekspertlar

--

20
kun






















5-bosqich

--

O‘quv adabiyotlarni ekspertlarning ijobiy xulosalari asosida institut Ilmiy Kengashi majlisida muhokama qilish hamda qaror bilan nashr etishga tavsiya

--

Institut Ilmiy Kengashi

--

20
kun






















6-bosqich

--

Ekspertlar va О‘quv-uslubiy kengash tomonidan salbiy baholangan o‘quv adabiyotlari qo‘lyozmalarini qayta ishlash uchun muallif (mualliflar jamoasi)ga yuborish

--

O‘quv-uslubiy boshqarma





--

3
kun






















7-bosqich

--

Institut Ilmiy Kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlarini nashr etishga ruxsat berish yuzasidan institut rektorining buyrug‘ini rasmiylashtirish

--

O‘quv-uslubiy boshqarma

--

20
kun






















8-bosqich

--

Nashr etishga ruxsat berilgan o‘quv adabiyotlarining nashr ruxsatnomalarini rasmiylashtirish va mualliflar jamoasiga taqdim etish

--

O‘quv-uslubiy boshqarma

--

20
kun






















9-bosqich

--

Nashr etishga ruxsat berilgan o‘quv adabiyotlarini belgilangan tartibda nashr etish hamda qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda axborot-resurs markaziga o‘quv adabiyotlarining bosma hamda elektron nusxalarini joylashtirish

--

Mualliflar va Axborot-resurs markazi

--

1 oy

О‘quv adabiyotlarini yaratish, о‘quv jarayonini darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash, ularni xarid qilish va yangilab borish Tartibiga
2-ilova

Institut ruxsatnomasini asosida o‘quv adabiyotlarini nashr etishda
O‘quv-uslubiy boshqarmaga taqdim etiladigan hujjatlar va talablar
RO‘YXATI
1. O‘quv adabiyotining nomlanishini tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fan nomiga muvofiqligi (o‘quv rejasidagi tegishli fanning nomi belgilab qo‘yiladi).
2. O‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan fan dasturi nusxasi.
3. O‘quv adabiyot qo‘lyozmasi va uning elektron varianti (pdf shaklda).
O‘quv adabiyoti qo‘lyozmasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar:
• titul varag‘ida institut va o‘quv adabiyotining nomi, turi, yo‘nalish yoki mutaxassislik shifri va nomi yoziladi;
• qo‘lyozmaning 2-betida (titul varag‘ining orqasi) o‘quv adabiyotining nomi, annotatsiyada o‘quv adabiyoti tavsiya etilgan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislikning shifri va nomi, nashr etishga ruxsat etilgan institut buyrug‘ining raqami va sanasi yoziladi;
• joylashishi – oriyentatsiyasi – kitobiy (knijniy);
• bir varaqdagi sahifalar soni – 1;
• varaq formati – A4 (210x297mm);
• sahifa hoshiyalari – har tarafidan 25 mm dan;
• garniturasi (shrifti) – Times New Roman;
• shrift yozilishi – asosiy matn, kо‘chirmalar – oddiy; sarlavha, rasm tagi yozuvlari, jadval sarlavhalari – yarim qalin (полужирный);
• xat boshi – 0.8 sm chekinish bilan;
• tekislanishi (tо‘g‘rilanishi) – eniga kо‘ra;
• kegl (о‘lchami) – asosiy matn, sarlavha – 15; rasm tagi yozuvlari, jadval sarlavhalari – 12, jadval ichi – 12, kо‘chirmalar - 12;
• indekslar – satr usti va satr osti indekslari – 15;
• rangi – qora 100%;
• shrift masshtabi – 100%;
• shrift intervali – oddiy;
• satrlararo intervali – 1;
• illyustratsiya (sxemalar, chizmalar, grafiklar, fotosuratlar) – TIFF formati (Tagged Image File Format), imkoniyati (razresheniye) – 300 dpi, rangli rejim 32-bit, oq- qora rejim 8-bit;
• raqamlangan markirovkalangan rо‘yxat – oldga chiqish 0.8 sm;
• formulalar – formulalar redaktorida terilsin.
4. O‘quv adabiyotining mahalliy yoki xorijiy antiplagiat tizimlarida tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risdagi xulosa (o‘quv adabiyoti mahalliy yoki xorijiy antiplagiat tizimlarida tekshiruvdan o‘tkazilganda 70% orginallik ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi talab etiladi) .
5. Ichki va tashqi taqrizlar (taqrizchilarning F.I.Sh., imzosi va sanasi qayd etilgan nusxasi).
6. Mundarija (o‘zbek, rus, ingliz tillarida).
Eslatma: O‘quv adabiyoti yuqoridagi talablarga javob bermagan taqdirda o‘quv adabiyoti qo‘lyozmasi muallif(lar)ga qaytariladi.


Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling