О‘quv adabiyotlarini yaratish, О‘quv jarayonini darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash, ularni xarid qilish va yangilab borish tartibi (loyiha)


О‘QUV ADABIYOTLARIGA QО‘YILADIGAN TALABLAR


Download 1.92 Mb.
bet5/13
Sana20.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1635425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Адабиётларга гриф бериш

7. О‘QUV ADABIYOTLARIGA QО‘YILADIGAN TALABLAR
VA FUNKSIYALARI

7.1. Ta’lim turlarining xususiyatlaridan va nashr shaklidan qat’i nazar, barcha о‘quv adabiyotlariga qо‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:


muayyan fanning mohiyati, mazmuni va mavzularini fan dasturida belgilangan hajmlarda izchillik bilan yoritilishi, о‘quv materiallarining mazkur fan orqali ta’lim oluvchilarga berilishi zarur bо‘lgan bilim, malaka va kо‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tartibda tizimli bayon qilinishi;
yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy bilimlarga asoslangan ma’lumotlar (qonunlar, ayniyatlar, tasniflar va hokazo)dan tashkil topishi, illyustratsiyalarga boy, zamonaviy kо‘rgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jihatdan amaliy faoliyatga qaratilgan bо‘lishi;
bilimlarning mutlaqligi va nisbiyligini yorqin ifodalashi;
nazariy va amaliy ma’lumotlar maqbul, puxta, ravon, ijodiy va qiziqtiruvchan shaklda ifoda qilinishi, zarur hollarda fanga oid keng qamrovli misol va masalalar, uzoq va yaqin о‘tmishdagi boy intellektual merosimiz namunalari bilan boyitilishi;
jahon ilm-fani, texnika va texnologiyalarning eng sо‘nggi yutuqlarini inobatga olishi, uning ahamiyatini ifodalashi, soha va fanga oid milliy va xorijiy tajriba va ma’lumotlar mantiqiy bir tizimda bayon etilishi;
asosiy tushuncha va xulosalarning ta’riflari nihoyatda aniq va ravshan yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasi va о‘qitishning interfaol uslublarini tatbiq qilishga kо‘mak berishi;
bilimlarni ongli ravishda о‘zlashtirish, qiziqish uyg‘otish va mustaqil fikrlashga yо‘naltira oladigan xususiyatlarga ega bо‘lishi;
bilim oluvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi, mustaqil ta’lim olishga qiziqish uyg‘otishi;
ta’lim oluvchilarning bilimi, uquvi va kо‘nikmalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bо‘lishi;
intellektual insonparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi, insonning tabiat va ijtimoiy hayotda о‘ta mas’uliyatliligini anglatishga qaratilishi;
vatanparvarlik hissi, ma’naviy-axloqiy sifatlar shakllantirilishi, ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlashga e’tibor berishi.
7.2. Ta’lim turlarining xususiyatlaridan va nashr shaklidan qat’i nazar, barcha о‘quv adabiyotlariga qо‘yiladigan umumiy talablar quyidagilar:
о‘quv adabiyotlaridagi mavzu, mazmun va matnlar uzluksiz ta’limning boshqa turlari va bosqichlaridagi turdosh fanlarning mavzu, mazmun va matnlarini takrorlamasligi;
о‘quv materiallarining mazmuni dalillardan namunalarga, namunadan farazga, farazdan izlanishga, izlanishdan amaliy qо‘llashga, abstrakt ilmiy bilimdan aniq kasbiy bilimga, bilimdan amaliy kо‘nikmaga о‘tishga yо‘naltirilishi;
mavzularda “oddiydan murakkabga”, “umumiydan xususiyga” kabi tamoyillarga rioya etilishi;
rasmlar, grafiklar, jadvallar, sxema va diagrammalar mantiqan maqbul darajada joylashtirilishi, berilgan ma’lumotlar va tushuntirishlar bilan uzviy bog‘langan bо‘lishi;
matnlar dizayni maqbul va mukammal bajarilishi, takrorlanuvchi tushunchalar, rioya qilinishi kerak bо‘lgan qoidalar, e’tiborni jalb etish uchun zarur bо‘lgan jumlalar, misollar va xulosalarni ajratish maqsadida maxsus belgilardan hamda ta’sirchan grafik vositalardan foydalanish;
kasbiy xarakterga ega bо‘lgan va bilim oluvchilar mustaqil ishlashi uchun mо‘ljallangan muammoli savollar, topshiriqlar, mashqlar, loyihalar bilan ta’minlanishi;
topshiriqlar va vazifalar keng kо‘lamli bilim oluvchilar bajaradigan amaliy ishlarni juftlikda yoki kichik guruhlarda tashkil etish imkoniyatini berishi;
о‘quv materiallarida talabalarni faol bо‘lish va tanqidiy fikrlashga undash hamda ularning fanga bо‘lgan qiziqishlarini kuchaytiruvchi jihatlarning mavjud bо‘lishi;
О‘zbekistonning turli hududlaridagi о‘ziga xos madaniy xususiyatlar, tabiiy iqlim sharoitlarining hisobga olinishi.
7.3. О‘quv adabiyotlariga qо‘yiladigan qо‘shimcha talablar quyidagilar:
о‘qitiladigan fanlar va ularga tegishli о‘quv adabiyotlarining mazmun-mohiyati nihoyatda chuqur о‘quv-uslubiy, yuqori sifat kо‘rsatkichlarda bо‘lishi;
о‘quv adabiyotlaridagi har bir bob yoki mavzuning mazmuni tushunarli, ilmiy g‘oya va tushunchalarning mohiyati aniq va ravshan bayon etilishi;
matnni xotirada saqlashni osonlashtirish maqsadida mavzular ixcham chizmalar, turli tasviriy ifodalar, jadval, infografika hamda rasmlar bilan muvofiq tarzda ta’minlanishi;
aniq va tabiiy fanlar bо‘yicha ilmiy tushuncha va g‘oyalar, qonun va qonuniyatlar, tarixiy hodisa va ijtimoiy jarayonlarning hayotiyligiga e’tibor qaratilishi, tahliliy munosabatning yetarli darajada bо‘lishi;
muallif va talaba о‘rtasida fikrlarning mantiqiy bayoni jarayonida о‘zaro bog‘liqlik ta’minlanishi;
amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini bajarish hamda mashqlarni yechish bо‘yicha uslubiy kо‘rsatmalar berilishi, matn, illyustratsiya
va grafiklar yordamida bilim olish orqali kengaytirilgan amaliy kо‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatining bо‘lishi;
о‘quv maqsadlari va vazifalarining aniq belgilanishi, fanlararo va fan ichida о‘zaro bog‘liqlikning ta’minlanishi, nazariy va amaliy mazmunning о‘zaro maqbul va bog‘liq holda taqsimlanishi;
mazmun ishonchli va salohiyat bilan yoritilishi, unda mualliflarning fan, texnika va texnologiyalarning sо‘nggi yutuqlaridan foydalanganligi kо‘rinib turishi;
tasviriy materiallardan maksimal foydalanish, dinamik jarayonlarni о‘rganishni osonlashtirish maqsadida elektron ta’lim vositalarini (multimedia, animatsiya, virtual stendlar va h.k.) qо‘shimcha material sifatida ishlatish imkonini berishi;
о‘quv materiallarida talabalarni faol bо‘lish va tanqidiy fikrlashga undash va ularning fanga bо‘lgan qiziqishlarini kuchaytiruvchi jihatlarining mavjud bо‘lishi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining yaratilishi.
7.4. Yaratiladigan о‘quv adabiyotlarining asosiy funksiyalari quyidagilar:
axborot funksiyasi — ta’lim oluvchi muayyan fan bо‘yicha egallashi zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalar mazmunini qamrab olganligi;
tizimlovchi funksiyasi — о‘quv fani mazmuni tizimlangan shaklda qat’iy ketma-ketlikda va izchillikda oddiydan murakkabga rioya qilingan holda bayon qilinishini ta’minlashi;
muvofiqlashtiruvchi funksiyasi — fan о‘quv materialini loyihalash jarayonida boshqa о‘quv manbalarida keltirilgan materiallarni о‘rganish, ular orasida uzviylikni ta’minlash, axborot oqimini tez о‘zlashtirish, olgan bilimlarni chuqurlashtirish va amaliy faoliyat jarayonida qо‘llash yо‘llarini topishga xizmat qilishi;
mutaxassislikka yо‘naltirilganlik funksiyasi — о‘quv adabiyotining mazmuni о‘quvchi-talabaning mutaxassislik bо‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari, obyektlari, texnika va texnologiyalar tо‘g‘risidagi asosiy fundamental tushuncha va bilimga ega bо‘lishini ta’minlashi hamda kelajakda ularga tayanib, yangi ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilish va о‘zlashtirish kо‘nikmalarini shakllantirishga qaratilishi;
didaktik funksiyasi — ta’lim oluvchining qobiliyati va ehtiyojiga mos ravishda о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtirishga hamda asosiy mazmunni ajratish, tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash kо‘nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qilishi;
о‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va о‘zini-о‘zi nazorat qilish funksiyasi — ta’lim oluvchining о‘qituvchi rahbarligida yoki mustaqil tarzda darslikdagi nazorat savollari, test materiallaridan foydalanib, о‘zining bilimini tekshirishi hamda bilimiga tayangan holda amaliy mashg‘ulotlarni bajara olishiga qaratilgan faoliyatlarga kо‘maklashishi;
ta’lim oluvchilarni mustaqil ta’lim olishga qiziqtirish va ijodkorlikka undovchi funksiyasi — ta’lim oluvchilarda mustaqil tarzda ta’lim olishga bо‘lgan ishtiyoq, ehtiyoj va zaruratni uyg‘otishi, yetishmaydigan bilimlarni mustaqil tarzda tо‘ldirishga yordam berishga yо‘naltirilganligi. Ta’lim oluvchilarga mustaqil ravishda bajarishi lozim bо‘lgan loyihalar, muammoli savollar va topshiriqlar berilishi orqali ularda izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishi;
rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi funksiyasi — о‘quv materiallari asosida shaxsning e’tiqodi, ma’naviy-insoniy xislatlari, vatanparvarlik hissi, mehnatsevarlik va boshqa shu kabi ijobiy fazilatlarning faol shakllanishiga kо‘mak berishi.
7.5. Har bir bilim va ta’lim sohalari xususiyatidan kelib chiqib, Toshkent davlat transport instituti kengashi qarori asosida о‘quv adabiyotlariga qо‘shimcha maxsus talablar belgilanishi mumkin.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling