О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi


PROFESSIONAL TA`LIM TIZIMIDA O’QUV ME`YORIY HUJJATLAR AXAMIYATI


Download 42.33 Kb.
bet3/6
Sana26.06.2023
Hajmi42.33 Kb.
#1656417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Professional ta`lim tizimida sifat ta`minoti-1

PROFESSIONAL TA`LIM TIZIMIDA O’QUV ME`YORIY HUJJATLAR AXAMIYATI

Me’yoriy-huquqiy hujjat deb normativ hujjatlar to’g’risidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi.


Professional ta`lim tizimida o’quv me`yoriy-huquqiy hujjatlar xisoblanadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi 2020 yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi “O‘zbekiston respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 466-son Qarori
4. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi yo`nalishlari bo`yicha o`quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 28-avgustdagi 5-son yig`ilishida ma`qullangan va Vazirlikning 2021 yil 30-avgustdagi 375-son buyrug`i bilan tasdiqlangan va joriy etilgan kasb va mutaxassisliklarning o’quv dasturlari
Yuqoridagilardan tashqari quyidagi tushunchalarga izox berib o’tamiz
professional standart — xodimga ma’lum bir kasbiy faoliyat turini, shu jumladan, ma’lum bir mehnat funksiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka talablari;
professional ta’lim — ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi;
tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi — Xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga muvofiq boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limda kadrlar tayyorlash uchun kasb yoki mutaxassisliklarning murakkablik darajalari, o‘qitish muddatlari bir-biridan farq qiladigan ta’lim dasturi;
ta’lim dasturi — professional ta’lim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional ta’lim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, o‘quv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami;
davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui
o‘quv rejasi — professional ta’limning muayyan kasbi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari (modullari) va kurslari hamda malaka amaliyotlari tarkibi, ularni o‘rganish izchilligi, soha va tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
o‘quv dasturi — professional ta’lim o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar va amaliyotlarning mazmuni, o‘qitishning maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat;
o‘quv jarayonining grafigi — ta’lim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va ta’til vaqtlarini belgilovchi hujjat.



Download 42.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling