О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi


Download 42.33 Kb.
bet1/6
Sana26.06.2023
Hajmi42.33 Kb.
#1656417
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Professional ta`lim tizimida sifat ta`minoti-1


A N N O T A T S I Y A

Ushbu maqolaning kirish qismida professional ta`lim tizimida sifat ta`minoti samaradorligi keltirilgan. Mazkur maqolaning birinchi bobida professional ta`lim tizimida davlat siyosati yoritib berilgan. Uning ikkinchi bobida esa mazkur ko’rsatgichlar bo’yicha ta`limda sifat ta`minlash ishlar natijadorligi bo’yicha vazifalar va istiqbollari keltirilgan


Maqolani tugatish ishining xulosa qismida professional ta`lim tizimida sifat ta`minoti samaradorligi mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan tarzda umumlashtirilgan. Maqolani tugatish ishini tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatlar, internet ma’lumotlari, ilmiy va ommaviy adabiyotlardan shuningdek kollej to’g’risidagi materiallardan foydalanilgan.


Kalit so’zlar:professional ta’lim,paragraf,adabiyotlar,normativ hujjatlar.
KIRISH

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmonida ham jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi etakchilari qatoriga kirish yo’lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirish muhimligi e’tirof etilgan.


Sobiq kasb-hunar kollejlarini bitirgan (o’zlashtirish natijalari yuqori baholangan bo’lsa ham) o’rta bo’g’in mutaxassislari bilim, ko’nikma, malakasi real ish o’rni talab qiladigan mehnat funktsiyalarini to’laqonli bajarish imkonini bermaganligining sababi ham shunda. Aksariyat hollarda ish beruvchilar ularni qayta tayyorlovdan o’tkazishga majbur bo’lgan.
Chunki kollejda amaldagi ta’lim standartlari asosida olingan bilim real ish o’rnida zarur bo’lgan talablarga mos kelmagan yoki bu bilimni umuman qo’llab bo’lmagan.
Shu nuqtai nazardan yangi professional ta’limda asosiy vazifa ta’lim sifati, samaradorligi va natijadorligiga qaratilishi, ya’ni yoshlarning egallagan bilimi, ko’nikma va malakalari bilan ish o’rni talab qilayotgan mehnat funktsiyalarini qo’shimcha tayyorgarliksiz bajarishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Jahon tajribasida ham bo’lajak o’rta bo’g’in mutaxassislarining kasbiy-ijtimoiy tayyorgarligini ta’minlashga dolzarb vazifa sifatida qaraladi. Jumladan, AQShning Garvard universitetida tashkil etilgan “Career Services” markazi tomonidan malakali mutaxassisning kasbiy kompetentliligini belgilovchi mezonlar sifatida pedagogik va nostandart tafakkur tarzi, Singapurning Nan’yan texnologiya universiteti Biznes maktabida esa kreativ qobiliyatlar muhim omil sifatida talqin etilgan

Maqola ishining maqsadi: Professional ta`lim tizimida ta’im sifatini to’liq ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati, maqsad va vazifalari, o’quv me`yoriy hujjatlar axamiyati shuningdek Ellikqal’a tibbiyot kollejida ta`limda sifat ta`minlash bo’yicha muammolarni aniqlash va istiqbollarini belgilash.


Ushbu maqsadga erishmoq uchun kursni tugatish ishi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:





  • Professional ta`limning maqsadi va vazifalari mazmun va mohiyatini ochib berish;

  • Professional ta`lim tizimida o’quv me`yoriy hujjatlar axamiyati o’rganish va takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

  • Ellikqal’a tibbiyot kollejida ta`limda sifat ta`minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi ochib berish

  • Ellikqal’a tibbiyot kollejida ta`lim sifatini oshirish bo’yicha istiqboldagi vazifalar va rejalarni belgilash

Maqolaning amaliy ahamiyati: Professional ta`limning maqsadi va vazifalari mazmun va mohiyatini, o’quv me`yoriy hujjatlar axamiyati o’rganish, ta`limda sifat ta`minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi, ta`lim sifatini oshirish bo’yicha istiqboldagi vazifalar va rejalarni belgilashga xizmat qiladi.




Download 42.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling