1-oraliq nazorat 2-topshiriq bi-5 guruhi talabasi Inomjonov M


Download 52.74 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi52.74 Kb.
#1767139

1-oraliq nazorat 2-topshiriq
BI-5 guruhi talabasi Inomjonov M.
1-savol (Essey)
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq.
Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 2020-yil 23-sentyabrdagi qonunqoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim-kadrlar tayyorlash tizimining asosi, О‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha hisoblanib,malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi hamda ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi; fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg‘or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy modelining о‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi tо‘qqiz yillik umumiy о‘rta hamda uch yillik о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil о‘tilishini ta’minlaydi. Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy о‘rta ta’lim (I-IX sinflar), о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bilan bir qatorda, so’nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta’lim va ilm-fanga oid keng ko’lamli islohotlari o’zining natijasini bermasdan qolmayapti. Lekin o‘zgarish va yangiliklar osonlikcha kechayotgani yo‘q. Chunki, bu tadbirning amalga oshishi nihoyatda katta mablag‘,professional mutaxassiskadrlarga ehtiyoj tug‘diradi. Shuningdek, shu paytgacha tizimda to‘planib qolgan muam molarni birdaniga hal etishning imkoni yoq. Davlat rahbarining Janubiy Koreya, Angliya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli mutaxassislarini ta’lim jarayoniga jalb qilish, yurtimizda xorijiy mam lakatlar universitetlarining filiallarini ochish, yoshlarimizning xorijda malaka oshirishi y oki o‘qishi uchun imkoniyat yaratishga alohida e’tibor qaratishining boisi ham shunda. Shuni aytaolamanki, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`limtarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega.
Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir. Ilm-fan, madaniyat va ma`rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko`taradi, uning taraqqiyotini ta`minlaydi, kelajagini oldindan ko`rsatib beradi.
Ilm- ma`rifat e`zozlangan, ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to`g`risida o`ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma`rifat insonni yuksaklikka ko`taradi. Ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg`urish mamlakat va xalq istiqbolini o`ylash demakdir.
"O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta'lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb- hunar oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, bitiruvchilarning bandligini ta'minlash, shuningdek, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, xususan ta'lim tizimini yanada takomillashtirish borasida bir qator vazifalar belgilangan edi.
Bugungi kunda dunyoda to'rtinchi - raqamli revolyutsiya boshlandi. Demak, bu o'z navbatida muvofiq ravishda kadrlar tayyorlash hamda yangi raqamli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishni obʼyektiv ravishda zaruriyatga aylantiradi. Ma'lumki, ta'lim tizimi - bu nisbatan eng konservativ ijtimoiy nstitutlar qatoriga kiradi. CHunki, ta'lim ajdodlar tajribasi, jamiyatning an'analari, axloq qoidasi, oilaviy rishtalar, diniy etika va boshqalar bilan chambarchas bog'liq. Unda tarixiylik va mantiqiylik ustun turadi. Jamiyatda uzoq tarixiy davr mobaynida shakllangan e'tiqod, imon, qadriyatlar kabilar ham muhim rol o'ynaydi.. Ular ijtimoiy mexanizmlar yordamida uzatiladigan axborotlar natijasida vujudga keladi
Eng asosiysi jamiyatning madaniyati, psixologiyasi, mafkurasi bilan bog'liq. Tartibga solish darajasi jamiyatda amal qiladigan etik normalarga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. Aynan mana shu jihatlar bir tomondan, jamiyatda inson uchun, uning inson sifatidagi kamoli uchun zarur bo'lgan eng muhim qadriyatlar tizimining hamda kishilik jamiyatining ichki bir butunligini saqlaydi.
An'anaviylik ana shu qadriyatlarni ishonchli ravishda tabiiy ravishda kelgusi avlodlarga etkazishni ta'minlaydi. Shu bilan birga, ikkinchi tomondan, konservativlik - ta'lim tizimiga iqtisodiyotning talablariga tezda moslashishga xalaqit beradi. Iqtisodiyot taraqqiyoti, uning samaradorligi esa innovatsiyalarga, ya'ni doimiy yangilanishga asoslangan. Texnologiyalarning shu qadar tez rivojlanishi xodimlar va tashkilotlarning vaziyatga moslashuvini orqada qolishiga olib kelmoqda. Coursera global kompetentsiya indeksi ma'lumotlariga ko'ra 2022 yilga kelib, dunyo aholisining uchdan ikki qismi mehnat xizmati bozoridagi asosiy ko'nikma va malakalarga bo'lgan talab darajasidan orqada qoladi.
Coursera-bugunui kunda dunyodagi eng yirik onlayn ta'lim platformasi bo'lib uning asoschilari Stenford universiteti (AQSH) olimlari Dafna Koller (nurn. Daphne Koller) va Endryu In ingl. Andrew Ng) iardir. 42 %ga o'zgaradi degan fikrni aytaolishim va misol sifatida korishimiz mumkin.
Barcha yoshdagi kasblar 2022 yilga kelib mutaxassislarga, jumladan, avval ma'lumot olganlarga katta ta'sir o'tkazadi. Ayrim hisob-kitoblarga ko'ra 2024 yilga borib, 54 % xodimlarni qayta tayyorlash talab qilinadi.
Inson bir tomondan, iqtisodiyotni asosiy harakatlantiruvchi kuchi, shuning uchun har qanday iqtisodiy o'zgarishlar, munosabatlar jarayonining markazida turadi. Ikkinchi tomondan inson ne'matlarni yaratuvchisi va iste'molchisigina emas, aynan ana shu jarayonning barcha bosqichlarida yagona qaror qabul qiluvchi va uni tomondan, amalga oshiruvchidir. Shuning uchun barcha masalalar tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga borib taqaladi va bu sohada kadrlarga bo'lgan talab bilan davlat tomonidan ko'riladigan taklifning muvozanatini saqlash, institutsional o'zgarishlar, chora-tadbirlar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ta'limda Iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, uni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash o'z menejment va marketing navbatida, birinchidan, ishchi malakasi, mahoratining yuqori boʻlishi, mehnat xizmatlari bozori talabiga moslashuvchan bo'lishini talab etadi. Ikkinchidan, kadrlarning barcha tarmoq va sohalardagi miqdori talabga mos boʻlishi, ya'ni mutaxassislar soni talab darajasida boʻlishini taqozo etadi.
Xulosa qilib shuni aytaolamanki, mamlakatimizda hozirgi kunda mutaxassis kadrlar tayyorlashga qo'yilgan talabning maqsadi - rivojlangan demokratik davlatlar darajasida bilim, ko'nikma, malakaga ega bo'lgan, shu bilan birga yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratish joizdir. Bu tizim dunyoga yangi ko'z bilan qaraydigan, ishning ko'zini biluvchi, vaziyatni tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqarib, qaror qabul qiluvchi, kelajakni mustahkam poydevorini quruvchi va jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi kadrlar tayyorlashni muhim va mas'uliyatli vazifa sifatida amalga oshirishi lozim.

2-savol


Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi. Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi:
Ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali. Ma`lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi.
Muammolarni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli” sxemalari, “ Qanday?” ierarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema kabi turlari mavjud.
“VENN DIAGRAMMASI” METOD Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Talabalarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari:
-Talabalar ikki guruhga bo‘linadi;
-plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo‘yiladi;
-har bir to‘g‘ri fikrga qo‘yiladigan ball oldindan kelishib olinadi;
-qo‘yilgan topshiriq bo‘yicha guruhlarning har qanday to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrlari bir talaba tomonidan ikki xil rangdagi flomasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi;
-kichik guruh ichidan biror talaba sheriklarining ismi-shariflari to‘g‘risiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi va talabalar hamkorligida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar aniqlanadi;
-to‘g‘ri javobga uch ball qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir noto‘g‘ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi;
-eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib hisoblanib ular rag‘batlantiriladi; -bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto‘g‘rilari o‘chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo‘yiladi.
Venn diagrammasi metodini barcha talabalar bir-biriga bog‘liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida ushbu metodni Zamonaviy iqtisodiyot darslarida qo‘llash mumkin: Rag‘batlantiruvchi marketing bilan Remarketing umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin mavzularni umumlashtiris maqsadida “Venn diagrammasi” qo`llanilsa dars samaradorligi oshadi.
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning ko‘chkisimon o‘sishi bilan belgilanadi. Talabalarning individual tabiiy qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha maksimal darajadagi axborotni o‘zlashtirish faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.
O‘qitishning kompyuter texnologiyasi, kompyuterning inson individual qobiliyatlariga mosligiga tayanadi. O‘qitish jarayonini optimal darajada tezkor boshqarish imkoniyati mavjudligi, bu o‘qitishning turining universal muloqoti ko‘rinishida ekanligi, psixologik qulayliklari, o‘qitishning cheklanmaganligi bilan ajralib turadi Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: individual o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida diagnostik testlar o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida o‘qitish siklining qayta takrorlanishi eng samarali ta’minlanadi.
Bu o‘qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat bo‘ladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi, diagnostika, nazorat) guruh, fan miqyosida tashkil etish; ishchi o‘rinlarini tashkil etish, yo‘l-yo‘riqlar berish, tarmoqni boshqarish; talabalar bilan muloqotda bo‘lish, individual o‘qitishni ta’minlash. Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‗oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog‗liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning shiddatli o‘sishi bilan belgilanadi. Tahsil oluvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha eng ko‘p xajmida axborotni o‘zlashtirish, faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.
Grafik organizatorlarning afzalliklari
O'quv dasturi davomida o'qitish, o'rganish va eslatma olish uchun har xil turdagi grafik organizatorlardan foydalanish mumkin. Ularni yaratish oson va axborotni soddalashtirilgan tarzda taqdim etish uchun samarali. Ular:
katta yoki murakkab tushunchalar yoki g‘oyalarni kichikroq, soddaroq tarkibiy qismlarga bo‘lish orqali ma’lumotni tushunish oson bo‘lgan tarzda tasavvur qilish va taqdim etishga yordam berish;
talabalarga dars va o‘quv jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatini berish;
aqliy hujum, tanqidiy va ijodiy fikrlash, toifalarga ajratish va ustuvorliklarni belgilash, mulohaza yuritish va boshqalar kabi kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishga ko'maklashish;
mavzu bo'yicha bilimlarni yangilashga yordam berish va uni yangi ma'lumotlar bilan tezda bog'lash;
o'z-o'zini tarbiyalashni targ'ib qilish. Eslatmalar olish, tahlil qilish, o'rganish va hokazolar uchun grafik organayzerlardan foydalangan holda, talabalar dars materialini ancha oson o'rganadilar.
Grafik organizatorlar turlari
Bu erda biz o'qitish va o'rganish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan 19 turdagi grafik organizatorlarni sanab o'tdik. Ularning barchasi turli maqsadlarga xizmat qilgani uchun siz ulardan o'qish, yozish, tadqiqot, aqliy hujum va tahlil qilish uchun foydalanishingiz mumkin.
1-jadval



savol

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘z tarkibi sinxron va diaxron aspektga ko’‘ra turlicha bo‘linishga ega qanday so‘zlarni bilasiz va tilshunoslikda bu hodisa nima deyiladi?

Fikringizni bаyon eting

Qishloq, sakson, to‘qson, yuksak, yuksal, o‘dag‘ayla, ovloq kabilar

Fikringiz bаyonigа sаbаb ko‘rsаting

So‘zlаrning morfem tаhlilidа tаrixiylik vа hozirgi holаt mаsаlаsi аniq chegаrаlаnishi zаrur.

Ko‘rsаtgаn sаbаbingizni isbоtlоvchi dаlil kеltiring

Chunki qismlаrgа аjrаlаdigаn ba’zi so‘zlаr dаvrlаr o‘tishi bilаn аjrаtilmаydigаn holgа kelib qolаdi.

Fikringizni umumlаshtiring

Bu hodisа tilshunoslikdа soddаlаshish (oproshenie) deyilаdi

2-jadval


savol

Grafik organizatorlar turlari nechta?

A

20

B

19

C

18

3-jadval


savol

Grafik axborot organizatorlari matnni qanday tasvirlar bilan birlashtiradi.

A

vizual

B

Oddiy

C

effektiv

4-jadval


savol

Grafik organayzerlar bu…..

A

fikriy jarayonlarni ko’rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.

B

Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

C

Grafik ma'lumotlar organizatorlaridan foydalanish o'qituvchilar va talabalar uchun juda foydali bo'lib, darslarni yanada qiziqarli va tushunarli qiladi.

Download 52.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling