Romitan tumani 26 maktab II- pedagogik kengashdan ko’chirma
Download 19.55 Kb.
|
26 maktab kengash 9 band
ROMITAN TUMANI 26 MAKTAB II- PEDAGOGIK KENGASHDAN KO’CHIRMA Maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishga qaratilgan ishlar natijadorligi, o’qish sifatini oshirish, bu borada o’quvchi hamda o’qituvchilar taklif va tahsabbuslarini qo’llab quvatlash to’g’risida Maktab kutubxonasi faoliyati, ish samaradorligi, o’qituvchi va o’quvchilarning a’zolik holati hamda kitobxonlik targ’iboti to’g’risida Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an`ana va urf-odatlarimizni asrab –avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg`ularini chuqur singdirish masalalari bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga xalqaro maydonda mafkuraviy, g`oyaviy va information kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy hujumlardan himoyalash, ularning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda bo`layotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug`dirishi mumkin bo`lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi maktabimizda izchil amalga oshirib kelinmoqda. Bu nafaqat “Tarbiya” fanida, balki barcha fanlar tarkibida o’rganib kelinmoqda. Ayniqsa, juma kuni o’tiladigan sinf soatlarning asosiy maqsadi shunga qaratilgan. O`quv yili davomida sinf soatlarning samaradorligi oshirilib, darslar yuqori saviyada tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda, ochiq darslar tashkil etilmoqda. Masalan: - 15 sentabrda maktab psixologi G.Umarova, “Qiziqishlar anketasi!” so’rovnomasi 11-sinf o’quvchilari va ularning ota-onalari bilan o’tkazildi; -22 sentabrda 10-sinf o’quvchilari bilan ”Kasbiy qiziqishlarini aniqlash” so’rovnomasi o’tkazildi; - 14-oktabr kuni 9-sinf o’quvchilari bilan “Kelajak mamlakatimizdagi ta’lim sifatini yanada ahamiyati” so’rovnomasi o’tkazildi. Olingan so’rovnomalar shuni ko’rsatdiki, o’quvchilar darslarda test materiallari, tarqatma materiallar va darsdan tashqari vaqtlarda to’garaklar faoliyatini jonlantirish yuzasidan yangicha yondashish zarur. Men o`ylaymanki, bu kamchiliklar o’z vaqtida bartaraf qilindi, sinf rahbarlar o’zlariga tegishli xulosalarni chiqarishdi. Noyabr va dekabr oylarida boshlang’ich sinflarda tarbiya fani o’qituvchisi M.Soliyeva o’zlari uchun maktabda o’quvchilar o’rtasida ma’naviy sog’lom muhitni tarbiyalash maqsadida ko’rgazmali ravishda videoroliklardan foydalanib, qiziqarli ravishda ochiq darslar, sinf soatlari o’tkazishni rejalashtirib olishlari kerak Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishi ham maktabda yaxshi yo`lga qo`yish doirasida fan oyliklari doirasida o`quvchilar o`rtasida tadbirlarni samaradorligini oshirish; O`ylaymanki, kelgusidagi barcha tadbirlar, dars jarayonlari, sinf soatlair, ertalabki saflanishlar, turli mavzulardagi profilaktik targ`ibot tadbirlarimizda Vatanga , ota-ona, mahalla va oilaga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otishga, tarixiy xotira, milliy g`urur, komil inson kabi insoniy fazilatlarni , tuyg`u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta’sirchan usullar orqali singdirishga harakat qilamiz. 2-masala yuzasidan MMIBDO’ N.Hakimov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi PQ-3271-sonli qarori bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’grisida to’xtalib o’tdi. O’quv yili boshlanishi bilan maktab kutubxonachisi L.Sultonova maktab direktori rahbarligida kutubxona ishlari tekshirilganda maktabdagi eng yomon ahvol o’qituvchilarning kutubxonaga a’zoligi ahvoli juda pastligi aniqlandi, Achinarlisi shundaki biz o’quvchidan kitob o’qishni talab qilsagu, unga qaysi kitob yaxshi ekanligini, o’zim o’qib katta taassurot olganimni tashviqot qilsakgina o’quvchini ozgina bo’lsada kitobga mehrini uyg’ota olamiz. Maktabda sinflar kesimida kutubxonaga a’zolik 2-sinfdan-7-sinfgacha yaxshi, yuqori sinflar majbur boradiganlari u ham darslik so’rab boradiganlari, kutubxonadagi ayrim kitoblar hali qo’l tekzilmagani bu juda ham achinarli hol. Maktabda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar tayyorlashimiz zarur: Zukko kitobxon tanlovini maktab miqyosida targ’ib qilish. Noyabr oyida “Maktabimga kitob sovg’a qilaman:, “Bir bolaga uch kitob” aksiyasi tashkil etish Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish Q A R O R Q I L A D I 1.Maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishga qaratilgan ishlar natijadorligi to’grisidagi hamda maktab kutubxonasi faoliyati, ish samaradorligi, o’qituvchi va o’quvchilarning a’zolik holati hamda kitobxonlik targ’iboti, o’quvchi hamda o’qituvchilar taklif va tahsabbuslarini qo’llab quvatlash yuzasidan maktabda olib borilayotgan ishlar to’g’risida MMIBD o’rinbosari N.Hakimovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishga qaratilgan ishlar “qoniqarli ” deb topilsin. 3.Maktabning har bir sinf rahbari va fan o’qituvchisi oquv yilida ikki marotaba yuqori saviyada ochiq sinf soati hamda tabir tashkil etishi belgilab qo’yilsin. 4.Ochiq darslar va tadbirlarning samaradorligini oshirishda quyidagilarga qat’iy amal qilinsin: - tadbir mavzusi, olib borish tartibi, kuni, joyini direktor o’rinbosarlari bilan kelishilgan holda belgilash, 3 kun oldin e’lon chiqarish ; - sinfxona va faollar zalining tozaligiga, jihozlarning tartib bilan qo’yilishiga e’tibor qaratish; - faollar zalini mavzuga oid shiorlar bilan bezatish, ko’rgazmalar tashkil etish; - mavzuni chuqur yoritish, o’quvchilarning tayyorligiga ishonch hosil qilish; - sahna madaniyatiga, o’quvchilarining did bilan kiyinishiga e’tibor qaratish; - tadbirga ota-onalarni, tegishli tashkilotlardan mehmonlarni taklif etish. - slaydlar, hujjatli filmlar, multimediyalardan foydalanish; 5. O’tkazilgan tadbir yoki tarbiyaviy soatlarni dars yakunida chuqur tahlil qilib borish hamda xulosalash direktor o’rinbosarlariga topshirilsin. 6.Maktab kutubxonasiga sinf rahbar boshchiligida har oy bitta badiiy asarni o’qib targ’ibot qilish, fan o’qituvchilari va rahbarlar boshchiligida yanvar oyidan boshlab, har oyda birta badiiy asar o’qib har hafta juma kuni tahlil qilish vazifasi yuklatilsin. 5. Qaror ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman. Yig’ilish raisi: H.Karomatov Kotibi: N.Hakimov Download 19.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling