Inson individualligi ko‘rinishlarini diagnostika qilishdagi obektiv
nuqtai nazar ikki xil
metodikalarning hosil bo‘lishiga olib keldi. Bular shaxs testlari va intellekt testlaridir. Ulardan
birinchisi insonning intellektual bo‘lmagan xususiyatlarini aniqlashga mo‘ljallangan. Ikkinchisi
esa uning intellektual darajasini aniqlashga qaratilgan. SHaxs testlarini harakat testlari (maqsadga
yo‘nalgan shaxs testlari) va vaziyatli testlarga ajratish mumkin. Intellektual rivojlanish darajasini
diagnostika qilish ko‘pgina intellekt testlari yordamida amalga oshiriladi. Ob`ektiv nuqtai nazar
doirasida yana ikki gruruh testlarni ajratish mumkin: Bular maxsus
qobiliyatlar testlari va
yutuqqa erishish testlari. Sub`ektiv nuqtai nazarda ko‘proq so‘rovnomalar o‘tkaziladi,
proektiv
nuqtai nazar shaxsni o‘rganishning proektiv metodikalari yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: