6. Emotiv (o‟ta hissiyotli) tip
Bu tipdagi insonlar «yarim gapi»dan ularni tushunib oladigan, ular bilan yaxshi munosabatlar
o‘rnatadigan, tanlangan, tor doiradagi odamlar bilan muloqotda bo‘lishni xush ko‘ruvchilardir.
Kelishmovchiliklarga kamdan-kam sababchi bo‘ladilar va bunda passiv ishtirok etadilar. Ichlarida
kek saqlaydilar. Ijobiy xususiyatlari – mehribon, hamdard, o‘zgalarning muvaffaqiyatlariga
sherik, o‘z burchlariga o‘ta sodiq. Salbiy tomonlari – o‘ta hissiyotli, yig`loqi.
7. Rigid (o‟zgarmas) tip
Ushbu tip xususiyatlariga xos odamlar muloqotga o‘rtacha kirishimli, nasihatgo‘y, ko‘pincha kam
gapiradilar. Kelishmovchiliklarda ular tashabbuskor bo‘lib faol qatnashishga harakat qiladilar. Bu
insonlar o‘zlariga talabchan. Ayniqsa, ijtimoiy adolatni chuqur his etadigan, shu bilan birga
ko‘ngli nozik, arazchi, shubha bilan qarovchi, qasoskordirlar. Ba`zida o‘zlariga juda ishonuvchan,
haqiqatgo‘y, rashkchi hamdirlar, qo‘l ostidagi insonlarga va yaqinlarga o‘ta talabchandir.
8. Namoyishkor tip
Bu tipdagi insonlar boshqalar bilan osonlikcha muloqotga kirishib ketish, sardorlikka intilish,
lavozim va maqtovlarga chanqoqlik xususiyatlari bilan tez kirishib keta olish xususiyatini
namoyish qila oladi, shu bilan birga ikkiYuzlamachilikka moyil. Bu tipdagi insonlar o‘ziga o‘ta
ishonuvchanliklari va o‘zlarini katta tutishlari bilan kelishmovchiliklar keltirib chiqaradilar, lekin
bunda faol himoya qila oladilar. Suhbatdosh uchun muloqotda yoqimli xususiyatlari: turli
vaziyatlardan chiqib ketishlik, artistlik, boshqalarni o‘ziga jalb qila olishlik. O‘zidan itaruvchi
sifatlari: egoistlik, laganbardorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslik.
9. TSikloid tip
Bu tipdagi insonlarning kayfiyatlari tez-tez o‘zgarib turishi natijasida, atrofdagilarga bo‘lgan
munosabati ham o‘zgaruvchandir. Ular shu paytda o‘zlarini gipertimlarga o‘xshab tutadilar.
Ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lganlarida muloqotga kirishuvchan, tushkunlik kayfiyatda muloqotga
kirishmaydigan, indamas xususiyatlarga egadirlar. Shunday kayfiyatda distim tipdagilarga
o‘xshab ketadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |