Mavzuning dolzarbligini yoritish juda ko‘p so‘z bo‘lmasligi, lekin tushunarli bo‘lishi lozim.
Asoslashni uzoqdan boshlab kelishga hech qanday zaruriyat yo‘q. Mavzuning dolzarbligi
ko‘rinib turadigan holda mavzuni asoslash etarlidir.
Muommoli vaziyatni tariflash ilmiy ishning juda asosiy qismidir. "Muommo" - eski bilim
o‘zining nochorligini sezganida, yangi bilim esa ham o‘zi u darajada rivojlanmaganligida paydo
bo‘ladi .
Demak, ilmdagi "muammo" – o‘z vaqtida echish lozim bo‘lgan "ziddiyatli" vaziyat. Bunday
vaziyat odatda yangi faktlar aniqlanish natijasida, qachonki ular oldingi nazariy izlanishlar va
fikrlar doirasi tushmaydi, yani hech bir zamonaviy nazariyalar yangi- yangi aniqlangan faktlarni
tushuntirib bera olmaydi.
Ilmiy tadqiqot maqsadi - bevosita sharoitlarni o‘zaro qarama -qarshiligida hosil bo‘ladi. Ilmiy
muammoning maqsadini ushbu jabhadagi etishmovchilikni aniqlashda ushbu taqchillikni
bartaraf etish ehtiyojini sezishda ilmiy atamalarda muammoli hodisalarni tasvirlashda
muammoni shakllantirishda seziladi.
Ilmiy tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifaning tabiatiga ko‘ra psixologik tadqiqotlarni 3
guruhga ajratish mumkin:
a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to‘plashga xizmat qiluvchi
tajribalar. Bunday tajribalarga tafakkur xususiyatlari, xotira tipini, sezgirlik darajasini
aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni misol qilish mumkin.
b) alohida psixik hodisani u yoki bu omilning ta`siriga bog`liqligini aniqlashga
xizmat qiladigan tajribalar: masalan: esda qoldirishni materialning sifatiga bog`liqligini
aniqlash va hokazo .
v) ikki hodisa o‘rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga qaratilgan tajriba,
masalan, materialning hajmi bilan takrorlashlar soni o‘rtasidagi funktsional aloqani
o‘rganish. Birinchi tipga kiradigan tajribalarni-sifat; ikkinchisini faktorli, uchinchisini-
funktsional tajribalar deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |